“PSJ” Pogba uchun transfer taklifi tayyorlayapti
23 jan 2014 10:16
Yangiliklar


“PSJ” Pogba uchun transfer taklifi tayyorlayapti
“PSJ” haligacha “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish niyatidan qaytgani yo'q.
Parijliklar 20 yoshli Franciya terma jamoasi o'yinchisi uchun rasmiy taklif tayyorlashmoqda, deb xabar beradi CNN muxbiriTankredi Palmeri.
Avval berilgan xabarlar “PSJ” Pogbani yozda taxminan 50-60 million evro evazigan sotib olib, futbolchining o'ziga yillik 8 million evro maosh berishi haqida aytilgan edi. Bu uning turinliklar safida olayotgan maoshidan ikki baravar ko'p.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga “Manchester Yunayted” ham davogarlik qilayapti.

Fikrlar