"PSJ" mavsumda ilk bor mag'lub bo'ldi
05 dek 2013 10:10
Yangiliklar


"PSJ" mavsumda ilk bor mag'lub bo'ldi
Franciyada milliy chempionatning navbatdagi tur bahslari yakuniga etdi.
"Evian" amaldagi chempion va chempionat peshqadami "Pari Sen-Jermen" klubini kutib oldi. Kutilmaganda bellashuv maydon egalari foydasiga hal bo'ldi. Har ikki gol ham uchrashuv yakunida kiritildi, gol mualliflari Klark N'Sikulu va Modu Sugu.
Bu mag'lubiyat parijliklar uchun ushbu Franciya chempionatida ushbu mavsumidagi birinchisi bo'ldi. Loran Blan shogirdlari hisobida 37 ochko bor va ular hamon peshqadamlik qilmoqdalar. "Evian" esa ushbu g'alabadan so'ng 19 bal to'pladi va 15-pog'onaga ko'tarilib oldi.
Franciya
Liga 1
16-tur
Evian (Tonon-le-Ben) – PSJ (Parij) – 2:0
Gollar: N'Sikulu, 75 (1:0); Sugu, 87 (2:0).

Fikrlar