“PSJ” Konoplyankani sotib olishi mumkin
24 jan 2014 14:06
Yangiliklar


“PSJ” Konoplyankani sotib olishi mumkin
“PSJ” hujumchisi Jeremi Menez qishki transferlar oynasi mobaynida parijliklarni tark etish niyatidan qaytgani yo'q.
26 yoshli futbolchiga “Yuventus”, “Milan” va “Fiorentina” klublari davogarlik qilishmoqda.
Agar Menez haqiqatdan ham “PSJ”ni tark etsa, klub uning o'rniga “Dnepr” yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankani olishi mumkin.
Franciya chempionlarining skautlari bir necha oydan beri ukrainalik futbolchini kuzatib kelishmoqda.
Parijliklar Konoplyanka uchun 15-20 million evro taklif etishmoqchi, deb xabar beradi Le Parisien.

Fikrlar