So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  13 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

PSJning narxi "Real"dan ikki baravar qimmat? Lekin bu fakt Yangiliklar

PSJning narxi "Real"dan ikki baravar qimmat? Lekin bu fakt

Evropaning top-klublari hozirgi tarkibni yig'ish uchun qancha pul sarflashgan?

PSJning boshlang'ich tarkib narxi = 653 million evro.

Aytaylik, Mbappe PSJga butunlay o'tgandan so'ng, Unai Emeri futbolchilarni joylashtirishda 4-3-3 sxemasidan foydalandi: Areola - Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Kurzava - Tiago Motta, Verratti, Di Mariya - Neymar, Mbappe, Kavani.
Ana endi, bazi narxlarga to'xtalib o'tsak. Alfonso Areola - PSJ tarbiyalanuvchisi - parijliklar shu yilning yoz oyida jamoaga erkin agent sifatida qo'shilgan Dani Alvesga to'langan miqdordagi mablag'ni ham sarflashlariga to'g'ri kelmadi. Lekin bu qoidadan mustasno holat hisoblanadi. Markaziy himoyachilar Tiago Silva va Markinosning umumiy narxi 75 million evroni tashkil etgan bo'lsa, birgina Kurzavaning narxi 100 mlnga teng deb baholandi. Ikki yarim himoyachi Tiago Motta va Marko Verratti bor-yo'g'i 24 mln evro bo'lsa, lekin Anxel Di Mariya 63 mlnga loyiq deb topildi. Hujumda Edinson Kavani 65, Neymar va Mbappe 222 mln evroga baholandi. Bu aqlbovor narx bo'lgani uchun ham “Monoko” o'ziga foydali bo'lgan shartlar asosida ham tovon puli to'lashdan vos kecha olmaydi. Bu boshlang'ich tarkibni tuzish uchun jami 653 mln evro sarflash zarur. Ha, Mbappega bir yildan so'ng pul to'lashadi. Lekin yana shu erda Di Mariyani Raboga almashtirib, umumiy xarajatlarni biroz kamaytirish mumkin. Lekin bunda siz 40 millionlik Draksler va Lukas haqida ham unutmasligingiz darkor. Umuman olganda, mablag'lar sonini chalkashtirib yubormaslik uchun, “653 million evro” variantida to'xtalib turamiz. Nima deb o'ylaysiz, uni kim bilan taqqoslash mumkin? PSJ eng yuqori marralarni ko'zlayotganini inobatga olib, CHempionlar ligasida 2 marotaba ketma-ket g'alaba qozongan “Real”ning boshlang'ich tarkibiga etibor qaratish lozim.


“Real” = 351 million evro.
Navas (10) - Karvaxal (1,5), Ramos (27), Varan (10), Marselo (6,5) - Kazemiro (6), Modrich (30), Kroos (30) - Beyl (101), Ronaldu (94), Benzema (35)

Tasavvur qilyapsizmi, “Real”ning boshlang'ich tarkib narxi PSJ ga qaraganda ikki barobar arzonroq. Va bu yuz millionlik Beyl bilan shunday narxda hisoblanmoqda. Agar bu tarkibda 100 millionlik Beyl bilan voqealar shu yo'sinda ketaversa, Isko hamkasbini “siqib” chiqarsa, ko'rsatkich 280 mlnga tushib ketadi. Yoki faraz qilaylik, Asensio yaqin kelajakda hujumda Ronalduning o'rnini egallaydi. Marko bor-yo'g'i 3,5 mlnga sotib olingan. Krishtianu bo'lsa uni o'zining o'rinbosari deb biladi. Sayyoramizning eng yaxshi yarim himoyachilari Kroos va Modrich o'rtacha pulga sotib olingan. Navas esa “Real”da yulduziga aylandi. Bu himoyachilar anchadan beri birgalikda faoliyat olib borishadi. Karvaxal 5 mlnga “Bayer”ga o'tib ketgan bo'lsa, 1 yildan so'ng 6,5 mlnga yana qaytib kelgan. SHuning uchun ham, uning bahosi hozirda 1,5 mln tashkil etadi. Lekin aytishga eng munosibi - Kazemiro. Uni ikkinchi jamoaga sotib olishgan edi. U esa dunyodagi eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'lib etishdi. Bir necha yil oldin “Real”ni “pul solinadigan qopcha” deb atashgani biroz yoddan ko'tarildi, to'g'rimi? SHuning uchun PSJni ham “Manchester Siti”, “CHelsi” yoki “Yunayted” bilan solishtirish to'g'riroq bo'ladi.  


“Manchester Yunayted” = 440 million evro
De Xea (25) – Valensiya (19), Bayi (38), Fil Djons (19), Blind (17) – Pogba (105), Matich (45) – Mxitaryan (42), Mata (45), Reshford (0) – Lukaku (85).

Umumiy xarajati “Real”dan deyarli 100 mlnga qimmatroq bo'lsa-da, so'nggi yillardagi yutuqlarini bu jamoa bilan solishtirish biroz mushkul. 5 futbolchining narxi 40 mln evrodan biroz qimmatroq bo'lsa-da, oltinchi futbolchi hisoblangan birgina Bayining narxi deyarli shuncha. Bu erda Pogba 105 mlnga baholangan bo'lsa, Rashford bo'lajak tarbiyalanuvchi sifatida klub g'aznasidan olib tashlandi. 


“Manchester Siti” = 487 million evro
Ederson (40) – Uolker (51), Kompani (8), Stounz (56), Mendi (58) – Fernandino (40), David Silva (29), De Bryuyne (74), Sterling (63) - Aguero (36), Jezus (32).

“Siti” pulini ayamayapti, ammo PSJga etib olishning iloji bo'lmay qoldi. Parijliklarni qo'ya turing, kim nima desa ham, hozir “Siti”da uncha-muncha klub havas bilan qaraydigan zaxira futbolchilari jam bo'lgan. Bernardu Silva, Danilo, Otamendi, Sane va Gyundogan, shunchaki misol uchun. Va bu borada inglizlar PSJ transfer siyosatiga juda o'xshash yo'ldan ketmoqda. SHunchaki “Man Siti”ga Neymarniki bo'lgani kabi katta transfer etishmadi. Masalan - Messi. Agar shayx Mansur so'zini amalda isbotlab, Messini 300 millionga sotib olgandami...


“CHelsi” = 324 million evro
Kurtua (9) - Ryudiger (35), David Luis (35), Aspilikueta (9) - Markos Alonso (23), Kante (36), Fabregas (33), Mozes (12) - Azar (35), Villian (35), Morata (62).

“CHelsi” Manchester klublari bilan taqqoslanganda ahvoli juda tangdek. Bu boradagi ko'rsatkichlarda londonliklar bor yo'g'i “Real” bilan bir darajada. O'tgan mavsum, “ko'klar” APL chempionligini nishonlashganda, Morataning o'rnida Diego Kosta, Ryudigerning joyida Jon Terri harakat qilgandi, yani undan ham kamroq chiqim. Xattoki, klublari “pulga cho'miluvchi” Premer-Ligada ham, moddiy tomonlama qudratli bo'lish, barchasini hal qilmayapti.



So'zimiz isboti sifatida yana bir nechta klub tarkiblariga nazar tashlaymiz: “Bavariya”, “Barselona”, “Yuventus” va “Atletiko”.


“Barselona” = 309 million evro
Ter SHtegen (12) - Semedu (31), Yumtiti (25), Pike (0), Alba (14) - Buskets (0), Paulino (40), Inesta (0) - Dembele (105), Messi (0), Suares (82).

“Barselona”ga Pike, Buskets, Inesta va Messi tekinga kelgan. Bu futbolchilarni “tekin”ga kelishi g'alati tuyuladi-a?! Endi tasavvur qilib ko'ring, mana shu futbolchilarni sotib olish uchun qancha mablag' kerak bo'lar edi? Hozir tarkibga 105 millionlik Dembele qo'shildi, ammo u ham o'zini qay darajada ko'rsata olishi hali nomalum. Bir eslang-a, bundan bir necha yil avval tarkibda Puyol, Valdes va Xavi ham bor edi. “Barselona” esa Evropada o'ziga teng keladigan raqib qidirib qolgandi. Vaholanki, o'sha tarkib to'liqligicha akademiya futbolchilaridan iborat bo'lganiga nima deysiz?
Dembele - bugungi kun “Barselona”sining eng qimmat futbolchisi!


“Bavariya” = 255.15 million evro
Noyer (30) - Kimmix (9), Zyule (20), Xummels (35), Alaba (0.15) - Vidal (37), Alkantara (25) - Robben (24), Xames (50), Riberi (25) - Levandovski (0).

Nemis klubi bu borada qanday ish olib borishni yaxshi biladi va qimmatga futbolchi sotib olmaydi. Tarkibdagi Xames (50 mln evro) hali sotib olinmagan, bu transfer keyingi yil yozda amalga oshishi mumkin. Agar “Bavariya” shuni lozim topsa. Ijara uchun to'langan pul va tovon puli qo'shilganda taxminan 50 million evroni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, asosiy tarkib myunxenliklarga PSJnikidan 2,5 barobar arzonroqqa tushgan. Kelgusida jamoalar maydonda to'qnash kelishsa (CHempionlar Ligasida yaqinda buning guvohi bo'lamiz), kim favorit bo'ladi deb o'ylaysiz?


“Yuventus” = 337 million evro
Buffon (53) - Lixtshtayner (10), Benatiya (17), Kellini (8), Aleks Sandro (26) - Matyuidi (20), Pyanich (32) - Kuadrado (20), Dibala (40), Mandjukich (21) - Iguain (90).
CHempionlar Ligasi finalchisining asosiy tarkibi vaziyatga qarab biroz o'zgarishi mumkin. Ammo narxda bu unchalik sezilmaydi. Avvalroq asosiy tarkibda Bonuchchi, Kellini va Barcali o'ynaganda bu ko'rsatkich undan ham pastroq edi. Andrea o'z vaqtida “Volfsburg”dan bor-yo'g'i 300 ming evroga kelganini bilasizmi? Buffonga katta mablag' to'langan. Ammo unga shunchalik ko'p vaqt bo'ldiki, uni hisobdan chiqarsak ham bo'ladi. O'tgan yozda (tekinga kelgan) Pogbani o'sha vaqt uchun rekord summaga sotishga kelishib olgan klub rahbariyati, Iguainga uning bir qismini sarfladi va hozirda aynan Gonsalo tarkibning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.



“Atletiko” = 119 million evro
Oblak (16) - Xuanfran (4), Godin (8), Ximenes (1), Felipe Luis (8) - Gabi (3), Saul (0), Koke (0), Ferreyra-Karrasko (17) - Gameyro (32), Grizmann (30).

Va so'zimiz yakunida “Atletiko”dan o'ziga xos master-klassni taqdim etamiz. “Matraschilar” “Real” va “Barselona”dek gigantlarni ortda qoldirib Ispaniya chempioni bo'la olishgan, CHempionlar Ligasida ikki bor finalga qadar etib borishdi. Parij uchun bu hamon orzuligicha qolmoqda. Tarkib esa arzimagan pulga yig'ilgani etiborga loyiq. 400 millionga ikki futbolchi xaridi emas, aynan “Atletiko” misolidagidek ish yuritish futbolga befarq bo'lmaganlarni hayratga solishi va ularga bir olam zavq ulashishi zarur.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика