PSJ yozda Ramos, Xakimi va Veynaldum bilan shartnoma imzoladi. Tez orada Donnarumma keladi
08 iyu 2021 18:28
Yangiliklar
PSJ yozda Ramos, Xakimi va Veynaldum bilan shartnoma imzoladi. Tez orada Donnarumma keladi
PSJ yozgi transfer oynasini faol tarzda o'tkazmoqda.
"Real" sobiq himoyachisi Serxio Ramos parijliklarning yozdagi uchinchi yirik transferi bo'ldi.
Bunga qadar jamoa tarkibini "Inter"dan 70 mln evro evaziga olib kelingan Ashraf Xakimi va "Liverpul"dan erkin agent maqomida kelgan Jorjino Veynaldum to'ldirgan edi.
Tez orada Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummaning ham transferi elon qiladi. Posbon ham klubga erkin agent maqomida o'tadi.
Fikrlar