PSJ yozda Mbappeni 400 million evroga sotishga tayyor bo'lgan
12 okt 2022 18:29
Yangiliklar
PSJ yozda Mbappeni 400 million evroga sotishga tayyor bo'lgan
Ammo "Real"ga o'tishga ruxsat berilmagan.
PSJ yozda Kilian Mbappeni katta summa evaziga qo'yib yuborishga tayyor edi.
Avvalroq hujumchi yanvarda klubni tark etmoqchiligi va iyulda ketishga uringani malum bo'lgandi.
"Marca" xabariga ko'ra, o'sha davrda 23 yoshli futbolchining vakillari parijliklar rahbariyati bilan bir nechta uchrashuvlar o'tkazishgan.
PSJ Mbappega uni 400 million evroga sotishga tayyorligini aytdi. SHu bilan birga, "Real"ga o'tish variantiga esa ruxsat etilmagan.
Mbappeda "Liverpul"ga o'tish imkoniyati bor edi, ammo turli sabablarga ko'ra franciyalik va uning atrofidagilar bu variant ustida ish olib borishmagan.
Fikrlar