PSJ Veynaldumni "Barselona"dan ilib ketmoqchi
05 iyu 2021 08:39
Yangiliklar
PSJ Veynaldumni "Barselona"dan ilib ketmoqchi
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum faoliyatini qaerda davom ettirishi haligacha so'roq ostida turibdi.
Unga Evropaning bir necha top-klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Ammo PSJ qolgan klublarga nisbatan, shu jumladan "Barselona"ga qaraganda qiziqroq taklif bilan chiqqan.
Ayni paytda Veynaldum Parij jamoasiga borib qo'shilish haqida o'ylamoqda. Avvalroq esa futbolchi "Barselona" bilan uch yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgani va Evro boshlangunga qadar tibbiy ko'rikdan ham o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Veynaldum iyun oyi oxirida "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etadi.
Fikrlar