PSJ Tyago Silvaga o'rinbosar topdi
14 dek 2019 17:40
Yangiliklar


PSJ Tyago Silvaga o'rinbosar topdi
PSJ jamoaning 35 yoshli himoyachisi Tyago Silvaga o'rinbosar topdi.
Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi.
Parij grandi braziliyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
Francuzlar Silvaning o'rniga "Napoli" va Senegal terma jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibalini jamoaga taklif qilishmoqchi.
Oldinroq, "Napoli" 28 yoshli o'yinchining sotuvidan kamiga 100 million evro ishlab olmoqchiligi xabar qilingan edi. Kulibali joriy mavsum Italiya chempionatida 13ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar