PSJ "Tottenxem" bilan Dele Allining ijarasi borasida kelishuvga erishishga urinmoqda
29 sen 2020 16:26
Yangiliklar


PSJ "Tottenxem" bilan Dele Allining ijarasi borasida kelishuvga erishishga urinmoqda
"Pari Sen-Jermen" "Tottenxem" bilan yarim himoyachi Dele Allining ijarasi borasida kelishuvga erishishga urinmoqda.
Parijliklar angliyalik xavbekning bir yillik ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda. Biroq, muloqotlar oson kechmayapti.
Xabarlarga ko'ra, qaror faqat London klubi prezidenti Deniel Leviga bog'liq. PSJ transferni oyna yakuniga qadar, yani 5 oktyabrgacha yakunlamoqchi.
Alli "Tottenxem"ga 2015 yilning fevralida "Milton Kins Dons"dan o'tgan va transfer narxi 6,63 mln evroni tashkil etgandi. O'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar