PSJ "San-Paulu" himoyachisini sotib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023, 18:28
"San-Paulu" himoyachisi Lukas Beraldo "Pari Sen-Jermen" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Shu hafta futbolchi agentlari bilan Parijga yetib boradi va tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Barchasi rejadagidek ketsa, tomonlar zarur hujjatlarni imzolaydi. Transfer summasi 20 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsum Beraldo 48 o'yinda 1 ta gol urdi va 11 ta sariq kartochka ishlab oldi. 

"Transfermarkt" portali 20 yoshli markaziy himoyachini 15 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо