So’nggi yangiliklar

01:35Ташкилотни кескин танқид қилган Марсело Бьелсага КОНМЕБОЛ томонидан иш очилди  2 01:15Расман: Моуринью бошқарувидаги "Фенербахче" Сен-Максименни ижарага олди  0 00:55Вагиз Галиулин: “Ўзбекистон Суперлигаси савияси Россия биринчи дивизионидан анча юқорилаб кетди”  4 00:33Расман: Австралия терма жамоаси дарвозабони "Рома"га ўтди  1 00:10"Ордабаси" ЕЧЛ саралашидаги юришини биринчи босқичдаёқ тугатди   6 23:35Килиан Мбаппе: "Перес – дунёдаги энг зўр президент"  11 23:05Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Тожикистоннинг "Хўжанд" жамоасини мағлуб қилди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. ОКМК Тожикистон грандини ўта йирик ҳисобда таслим этди  9 21:44Обамеянг "Марсел"дан кетишини эълон қилди. Ҳужумчи Саудия Арабистонига йўл олади  0 21:21Ламин Ямаль янги мавсумни янги рақамда бошлайди  227 20:54Марко Ройснинг кейинги манзили аниқ бўлди  0 20:30Расман: Тиаго Алькантара "Барселона" мураббийлар штабига қўшилди  1 19:55"Динамо" назорат баҳсида Қирғиз Республикаси клубини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 19:39Евро-2024да порлаган ҳужумчи "Лион"да тиббий текширувдан ўтмоқда  0 19:17Хави: "Педри билан бўлган хатони Ямаль билан такрорламаслик керак"  2

PSJ "Real"ni yanchib tashladi Yangiliklar

PSJ "Real"ni yanchib tashladi

PSJ hamda "Real" o'rtasidagi CHempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi tur uchrashuvi yakunlandi.

Paris Saint-Germain

Angel Di Maria - 14', Angel Di Maria - 33', Thomas Meunier - 90'

Champions League Grp. A . 1-tur

19/09/2019, 00:00

0
:
3
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Parc des Princes, 46431 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
14'  Angel Di Maria
14'  Juan Bernat
33'  Angel Di Maria
33'  Idrissa Gana Gueye
60'  Mauro Icardi (Eric Maxim Choupo-Moting)
70'  Marquinhos (Ander Herrera)
82'  Angel Di Maria
89'  Pablo Sarabia (Abdou Diallo)
90'  Thomas Meunier
90'  Juan Bernat
90'  Juan Bernat
32'  Daniel Carvajal
35'  Gareth Bale
70'  Eden Hazard (Lucas Vazquez)
70'  James Rodriguez (Luka Jovic)
79'  Gareth Bale (Vinicius Junior)
82'  Vinicius Junior
89'  Raphael Varane


PSJ – "Real"3:0

"Park de Prens"

Gollar: 1:0 – 14 Di Mariya, 2:0 – 33 Di Mariya, 3:0 – 90 Mene.

PSJ: Navas, Tiago Silva, Bernat, Kimpembe, Markinos (Errera, 70), Di Mariya, Guye, Sarabiya (Diallo, 89), Verratti, Mene, Ikardi (SHupo-Moting, 60).

"Real": Kurtua, Varan, Militao, Karvaxal, Mendi, Kroos, Xames (Yovich, 70), Azar (Vaskes, 70), Kazemiro, Beyl (Vinisius Junior, 79), Benzema.

Ogohlantirishlar: Karvaxal (32), Vinisius Junior (82), Di Mariya (82), Varan (89), Bernat (90).



90+3. Bernat Karvaxalga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

90+1. GOOOL! Di Mariya-Bernat-Mene uchligi ajoyib golni yaratdi! Di Mariya qarshi hujumga qochayotgan Menega to'pni uzatdi, Toma esa qarshisida bir himoyachi borligini ko'rib, chaproqdagi Bernatga pas berdi, Xuan to'pni qaytardi va Mene deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi! 3:0

89. Statistika

Zarbalar 9-8

Aniq zarbalar 4-0

To'pga egalik qilish 51% - 49%

85. SHupo Motingdan zarba... Erik Di Mariyadan ajoyib uzatmani qabul qildi va tezda darvoza tomon zarba berdi, noaniq.

82. Vinisius Bernatga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Di Mariyaga ham sariq kartochka ko'rsatildi. U braziliyalik yigitchaga bir nimalar deb, tashlangani uchun jazolandi.

79. O'zgarish: Beyl o'rniga Vinisius Junior maydonga tushdi.

79. Benzema yaqin masofadan darvozaga bosh bilan zarba berdi, ammo yo'nalish biroz noaniq.

76. GOOOL! Benzema hisobni tenglashtirdi, ammo... YO'Q. Yon hakam bayroqchasini ko'tardi. Zarba paytida ofsaydda turgan Yovich o'sha hujumga tasir ko'rsatgan deb hisoblandi va "Real"ning yana bir goli hisobga olinmadi.

74. SHupo Moting chap qanotda to'pga ega bo'ldi va raqib jarima maydonchasiga kirdi. Ammo zarba juda noaniq.

70. O'zgarishlar: Azar o'rniga Vaskes, Xames o'rniga Yovich maydonga tushdi. PSJda Markinos o'rniga Ander Errera o'yinga qo'shildi.

69. Markinos jarohat tufayli maydonni tark etdi. Tez orada uning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushadi.

66. Bu surat bir necha daqiqa oldin stadiondagi VIP sektorda olingan.

61. 3:0? YO'Q. Di Mariya raqib jarima maydonchasiga kirib, to'pni Sarabiyaga uzatdi, Pablo esa to'pni darvozaga burdi. Bu safar Kurtua "Real"ni qutqarib qoldi.

60. O'zgarish (PSJ): Ikardi o'rniga SHupo Moting maydonga tushdi.

60. DI MARIYA! Anxel Kurtua ustidan to'pni tashlab qo'yishga urindi, ammo uning hisob-kitobi aniq bo'lib chiqmadi. To'p maydonni tark etdi.

55. "Real" turli kombinacion hujumlar amalga oshirishga urinyapti, ammo PSJ himoyasi ishochli harakat qilmoqda. Xatto Azar bir futbolchini aldab o'tishga qiynalyapti.

50. Ikkinchi bo'lim ham xuddi birinchisidek ikkala jamoaning faolligi bilan boshlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45. ZARBAAA! Beyl Azarning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi chizig'i ustidan to'pga kuchli zarba berdi. Biroz noaniq.

42. VIP sektorda futbol tomosha qilayotganlarning kayfiyati chog'.

37. Yo'q, Beylning goli hisobga olinmadi.

35. PSJ darvozasi ishg'ol qilindi, ammo hakam VARga murojaat qildi. Beyl to'pni o'ziga bo'ysundirayotganda to'p uning qo'liga tekkan ekan. Hozircha hakam ekrandagi voqealarni tomosha qilmoqda...

33. DI MARIYA! GOOOL! Argentinalik evrokuboklardagi yubiley 100-uchrashuvida juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi! Anxel raqib 16ligi oldida to'pni qabul qilib, darvozaga bir nazar tashladi va yaqin burchakka zarba berib, Kurtua darvozasini ishg'ol qildi.

32. "Real" raqib jarima maydonchasi chizig'i yonida standart ishlab oldi. To'p oldida Garet Beyl... Zarba berildi va to'r Navas qo'riqlayotgan darvozaning ustidan o'tdi. Golga bir necha santimetrlar etishmadi.

O'yindan oldin PSJ muxlislari tomonidan taqdim etilgan performans.

27. Tovon bilan pas, zarbaaa. PSJning navbatdagi hujumi juda xavfli tus oldi, ammo so'nggi zarba "Real" himoyachisiga tegdi vaziyat yakunlandi.

25. Qaynoqqina surat

22. PSJ o'zining tezkor va kombinacion hujumlari bilan Madriddan kelgan futbolchilarni shoshirib qo'ymoqda. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik mezbonlarda.

16. Azar tezkorlik bilan PSJning goliga javob qaytarishga urindi. Belgiyalik raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida PSJ darvozasining uzoq burchagiga zarba berdi, ammo biroz noaniq.

14. GOOOL! Di Mariya sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi va golni nishonladi! Veratti chap qanotda to'pni jamoadoshiga uzatdi va "devor" uslubidagi harakatdan so'ng uni qaytarib oldi va jarima maydonchasida darvozaning yaqin burchagiga yugurayotgan Anxelga to'pni uzatdi. Di Mariya esa to'pga oyog'ining uchida zarba berib, hisobni ochdi. 1:0

11. Mene o'z jarima maydonchasi yonginasida Azarni yiqitib, qoidani buzdi. Xames Rodriges jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Parij klubi himoyachilari qaytarib yuborishdi.

8. Beyl o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib, "prostrel" amalga oshirdi, biroq uning sobiq jamoadoshi Keylor Navas to'pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi.

2. Bugun jamoalar ananaviy liboslarda emas. PSJ oq, "Real" esa Franciya terma jamoasi libosining rangiga yaqin to'q ko'k formalarda to'p tepmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va Tyago Silva hamda Karim Benzema darvozalarni bo'lishib olishdi.



- Assalomu alaykum hurmatli saytimiz muxlislari. Gigantlar bahsiga xush kelibsiz.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика