PSJ Ramosning kelajagi borasida bir qarorga keldi
24 okt 2022 19:30
Yangiliklar
PSJ Ramosning kelajagi borasida bir qarorga keldi
PSJ markaziy himoyachisi Serxio Ramosga yangi shartnoma taklif qilinadi.
36 yoshli ispaniyalikning amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning iyun oyida nihoyasiga etadi, ammo klub tajribali futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi "Le10Sport".
PSJ rahbariyati Ramosni joriy mavsum tugaganidan keyin Parijda o'ynashni davom ettirishga ko'ndirish umidida tez orada u bilan muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda.
Serxio Ramos joriy mavsum 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Markaziy himoyachi parijliklar ranglarini 2021 yilning yozidan boshlab beri himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar