PSJ prezidenti 2015 yilda FIFA bosh kotibiga 20 ming evrolik soat sovg'a qilgan ekan
09 noy 2017 18:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/287838_original.jpg)
![](/upload/storage/287838_220.jpg)
PSJ prezidenti 2015 yilda FIFA bosh kotibiga 20 ming evrolik soat sovg'a qilgan ekan
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valkega pora berganlikda gumon qilinmoqda.
Bu 2015 yilda Dohadagi mehmonxonalardan birida sodir bo'lgan.
Eshitish jarayonida Valke yostig'i ostidan 10-20 ming evro Cartier soatini topib olganini aytgan. Oldinroq, Al-Helayfi jahon chempionatlari uchrashuvlarini translyaciya huquqini sotib olish uchun Valkega 7 mln. evrolik villa sovg'a qilgani elon qilingandi. Uning advokatlari esa bu malumotni rad etishmoqda.
Eslatib o'tamiz, SHveycariya prokuraturasi Al-Helayfini JCH-2018, JCH-2022, JCH-2026, JCH-2030 o'yinlarini translyaciya qilish huquqini sotib olishda pora berganlikda ayblab, unga nisbatan ish ochgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar