PSJ polshalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
31 okt 2019 12:53
Yangiliklar


PSJ polshalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
PSJ Dortmundning "Borussiya" jamoasi himoyachisi Lukash Pishchek bilan shartnoma imzolamoqchi.
Pishchekning klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda o'z yakuniga etadi, shu sababli PSJ uni tekinga qo'lga kiritishi mumkin.
34 yoshli Pishchek joriy mavsum Bundesligada 7ta o'yinda maydonga tushgan.
Lukash 2010 yildan beri Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynab kelmoqda. U bundan oldin "Gerta" va "Zaglembe" klublarida harakat qilgan.
Futbolchi o'tgan yil Polsha terma jamoasida faoliyatini yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar