PSJ o'z futbolchisini 24-25 mln evroga sotmoqda
11 avg 2022 13:01
Yangiliklar
PSJ o'z futbolchisini 24-25 mln evroga sotmoqda
PSJ yaqin vaqtlarda ikki bitimni amalga oshirmoqchi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, parijliklar hujumchi Arno Kalimuendoni "Renn"ga 24-25 mln evro evaziga sotishadi.
Qayd etish kerakki, klub ushbu mablag'ni "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisning xaridiga yo'naltiradi.
Ruis o'tgan mavsum "Napoli" tarkibida barcha musobaqalarda 38ta o'yinda 7ta gol va 5ta assist qayd etdi. Kalimuendo o'tgan mavsum "Lans"da ijara asosida o'ynadi va 32ta o'yinda 12ta gol urishga erishdi.
Fikrlar