PSJ Navasni "Bavariya"ga qo'yib yubormaydi
12 dek 2022 15:15
Yangiliklar
PSJ Navasni "Bavariya"ga qo'yib yubormaydi
Myunxen klubi yangi darvozabon izlamoqda, chunki tatilda chang'ida uchayotgan Manuel Noyer oyog'ini sindirib oldi.
36 yoshli darvozabon mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi.
Xabar qilinishicha, Navas "Bavariya" qiziqayotgan futbolchilar qatorida.
"Kicker" xabariga ko'ra, Keylorning nemis klubiga o'tishiga bir qancha to'siqlar to'sqinlik qilmoqda.
Birinchidan, PSJ CHempionlar Ligasi 1/8 finali o'yinlari oldidan raqibini kuchaytirmoqchi emas. Ikkinchidan, Navas klubga o'tishga rozi bo'lmasa kerak, chunki u faqat qisqa muddatli echim bo'ladi. Uchinchidan, "Bavariya"da Keylorning Germaniya chempionatiga tezda moslashib ketishiga shubha bor.
Navas – PSJning o'rinbosar darvozaboni. U ushbu mavsum klubda hali o'ynamadi. JCH-2022 da esa 3 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar