PSJ "Napoli" yarim himoyachisi uchun 50 mln. evro bermoqchi
22 dek 2018 16:19
Yangiliklar


PSJ "Napoli" yarim himoyachisi uchun 50 mln. evro bermoqchi
"Napoli" yarim himoyachisi Allan faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, 27 yoshli braziliyalik xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda. Parijliklar Allanni klubni tark etishi kutilayotgan Adrien Rabo o'rniga xarid qilmoqchi. Franciyaliklar futbolchi uchun 50 mln. evro taklif qilmoqchi. Ammo "Napoli" Allan bilan xayrlashmoqchi emas.
Oldinroq, braziliyalik yarim himoyachiga "Tottenxem" qiziqish bildirayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar