PSJ Messini Argentina terma jamoasiga qo'yib yubormoqchi emas
08 noy 2021 20:42
Yangiliklar
PSJ Messini Argentina terma jamoasiga qo'yib yubormoqchi emas
PSJ klubi sport direktori hujumchi Lionel Messi va yarim himoyachi Leandro Paredesni Argentina terma jamoasiga qo'yib yuborishi shart emas degan fikrni bildirdi.
Parijliklar o'z futbolchilari tiklanish jarayonini to'liq yakunlashlarini istashmoqda.
"Klubimiz jarohatidan forig' bo'layotgan futbolchilarni terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yubormasligi kerak, deb hisoblaydi. Bu mantiqan to'g'ri emas. O'ylaymanki, FIFA bu masalani hal qilishi kerak", - deya xabar beradi PSJ sport direktori.
Eslatib o'tamiz, Lionel tizzasidan olgan jarohatidan davolanmoqda, Leandro esa yaqinda son qismidagi muammolardan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Fikrlar