PSJ Maneni 30 million evroga xarid qilishga tayyor
01 iyu 2022 15:18
Yangiliklar


PSJ Maneni 30 million evroga xarid qilishga tayyor
PSJ "Liverpul" hujumchisi Sadio Mane bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, francuz klubi 30 yoshli senegallikni 30 million evro evaziga xarid qilishga tayyor. "Bavariya" ham forvardning transferi uchun shuncha to'lashga tayyor.
Mane "Liverpul"ga 2016 yilda "Sautgempton"dan 41,2 million evro evaziga o'tgandi. Hujumchi bu vaqt davomida 269ta o'yinda maydonga tushib, 120ta gol va 48ta assist qayd etdi.
Manening Angliya klubi bilan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar