So’nggi yangiliklar

10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  2 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  1 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  3 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  1 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  4 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  7 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  0 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  0 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  0 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  24 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  5

PSJ karaxt holatda: 90+6-daqiqada g'alaba boy berildi, Verattiga qizil kartochka... Yangiliklar

PSJ karaxt holatda: 90+6-daqiqada g'alaba boy berildi, Verattiga qizil kartochka...

PSJ yana ochko yo'qotdi.

Bu safar Kristofa Galte shogirdlari "Reyms"ga qarshi bellashuvda qoqilishdi – 1:1.

G'alaba 96-daqiqada boy berildi, lekin bu o'yinda omad PSJdan yuz o'girdi deyishga til bormaydi. Natijada maydondagi holat uchun adolatli bo'lgandek. 

Daxshatli birinchi bo'lim, chetlatish, Donnarummaning o'yinni cho'zishi – PSJ o'ta og'ir o'yin o'tkazdi

Birinchi bo'lim – shunchaki daxshat. PSJ o'z darvozasiga yaqin zonada himoyalanardi, "Reyms" esa "pochkalab" vaziyat yaratardi. Mehmonlar forvardi Folarin Balogun Donnarummani tinch qo'ymasdi – turli nuqtalarda zarba berar va vinger Dzyun Inoga yordam berardi, lekin tanaffusgacha bu ikkovlon Janluijji darvozasiga yo'l topa olishmadi.

PSJning tanaffusgacha amalga oshirgan zarbalari soni o'yindagi muammolarni yaqqol ifodalovchi omil bo'lib xizmat qila oladi – butun bo'lim davomida bor yo'g'i birgina urinish. Bunaqasi parijliklar bilan 2018 yil aprelidan buyon birinchi marta yuz berdi. "Reyms" esa 9 ta zarba bera oldi.

Ikkinchi bo'lim boshida PSJ uyhongandek bo'ldi. Tanaffusdan keyin Marko Veratti o'yinga qo'shildi, 51-daqiqada esa PSJ hisobni ochdi: Messining zarbasidan keyin to'p avvaliga Xakimiga borib tushdi, keyin esa Neymarga yo'l oldi. Braziliyalik futbrolchi bu vaziyatda mahoratini namoyish qildi va darvozabonga hech qanday imkon qoldirmadi.



Biroq 59-daqiqada hammasi yana murakkablashdi: Veratti ikki oyog'i bilan raqibga qarab "uchib bordi" va maydonga tushganiga 15 daqiqa bo'lgan bir pallada qizil olib, o'yinni yakunlashga majbur bo'ldi. PSJ kamchilikda qolib ketdi. Verratti chempionatda anchadan buyon chetlatilmagandi, Marko 2017/18-yilgi mavsumda oxirgi qizil kartochkasini rasmiylashtirgandi.

"Reyms" sabr qilib, kuchini to'lpadi va 80-daqiqadan keyin yana bosim qilishga o'tdi. Vaziyat shu qadar ediki, qo'shib berilgan daqiqalarda Donnarumma vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

Buning oqibatida 5 daqiqa qo'shgan hakam "Reyms"ga oxirgi hujumni yakunlab olish imkonini berdi va 96-daqiqada Balogun markaziy himoyachilar Markinos hamda Ramosning ortidagi bo'sh zonaga qochib keta olib, birga-bir vaziyatidan unumli foydalandi.

Balogun chempionat doirasida 11-golini urishga muvaffaq bo'ldi. U "Arsenal"ning Franciyaga bir yilga ijaraga ketgan yana bir hujumchisi hisoblanadi. Balki yangi mavsumda "kanonirlar" uni APLga qaytarar, nima deb o'ylaysiz? 

Yakun – juda ko'p savollar qoldirgan 1:1.


Franciya chempionati jadvali

Liga 1da intriga hali tirik. Nima deb o'ylaysiz, PSJga kimdir chinakamishga qarshilik qila oladimi yoki parijliklar shunchaki ECHLga tayyorlanyaptimi? 


Foto: REUTERS/Christian Hartmann. sports.ru saytidan tarjima 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика