So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

PSJ futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirishi kutilmoqda Yangiliklar

PSJ futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirishi kutilmoqda

Teglar :  NeymarBarselonaPSJ
PSJ yangi mavsum oldidan shov-shuvli transferga qo'l urishga yaqin turibdi.



Neymarning yangi mavsumni "Barselona"da boshlamaslik ehtimoli mavjud.

"Globo Esporte" nashrining yozishicha, Neymar do'stlariga PSJga o'tayotganligi haqida aytgan.
"Barselona" esa PSJ bilan Neymarning transferi bo'yicha muzokaraga kirishishni ham rejalashtirmayapti. PSJ esa endi Neymarning shartnomasida ko'rsatilgan 222 million evroni to'lab futbolchini jamoaga olib kelish imkoniyatiga ega.

"Barselona" klubi rahbariyati vaziyatdan xabardor. Ammo ular ommaga Neymarning ketishi mumkinligi haqida izoh berishni istashmayapti hamda buni inkor etishmoqda.

Neymarni "Barselona"ni tark etishga undayotgan bir qator faktorlar bor.

PSJda Neymar "Barselona"dan ko'ra ikki barobar ko'proq maosh oladi. Ikkinchidan, braziliyalik hujumchi "Barselona"da kerakligicha tasir kuchiga ega emas.
Neymar rahbariyatdan Paulino va Koutinolarni sotib olishlarini so'ragan. Lekin ularning hech biri jamoaga olib kelinmadi.
Messini soyasida qolib ketayotgan Neymar shaxsiy sovrin yutish uchun ham jamoasini o'zgartirishi lozimligini tushunmoqda. SHuningdek, futbolchi PSJ bilan klub tarixida ilk bor ECHLda g'olib chiqishni istamoqda.

Neymarning PSJga o'tishiga undayotgan yana bir faktorlardan biri yaqindagina parijliklar safini to'ldirgan - Dani Alvesh.
Braziliya hamda "Barselona"dagi jamoadoshi Neymarni PSJga chorlamoqda.
PSJda Dani Alveshdan tashqari yana bir qancha braziliyaliklarm - Tiago Silva, Lukas Moura hamda Markinos o'ynaydi.

PSJ futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirishi kutilmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика