PSJ Fransiyada oxirgi 6 mavsumda to'rtinchi bor barcha sovrinlarni o'ziniki qildi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2020, 10:33
Kecha tunda PSJ jamoasi Fransiya Liga kubogi finalida "Lion"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi (0:0, penaltilar bo'yicha 6:5).

Bunday holatda parijliklar joriy mavsum mamlakatdagi barcha 4 sovrinni yutib olishdi. Bungacha mamlakat chempionligi, kubogi va Superkubokda g'alaba qozonilgan edi.

Bunday holat oxirgi 6 mavsumda to'rtinchi bor sodir bo'ldi.



2018-2019 yilgi mavsumda PSJ mamlakat chempioni bo'lgan va Superkubokda g'olib chiqqan, kubok finalida "Renn"ga mag'lub bo'lgan va Liga kubogining 1/4 finalida musobaqani tark etgan. 2016-2017 yilgi mavsumda esa chempionatda "Monako"dan keyin ikkinchi o'rinni band etishgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka