PSJ etakchi futbolchisi bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishib oldi
30 okt 2019 23:13
Yangiliklar


PSJ etakchi futbolchisi bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishib oldi
PSJ rahbariyati yarim himoyachi Marko Verratti bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olishdi.
"RMC" xabariga ko'ra, futbolchi bilan yangi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar davom etadi. Tomonlar bir necha oylik muzokaralardan keyin bu borada kelishuvga erishishgan.
Qayd etish kerak, 2018 yilda Verratti "Barselona"ga o'tishga yaqin kelgandi. Biroq o'shanda parijliklar futbolchisini sotib yuborishni istashmagandi.
26 yoshli Verratti 2012 yildan buyon PSJ tarkibida 290 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 48 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar