So’nggi yangiliklar

18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  0 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   5 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0

PSJ - CHelsi: kim g'alabaga munosibroq? Yangiliklar

PSJ - CHelsi: kim g'alabaga munosibroq?

Teglar :  ECHLCHelsiPSJ
Bugun Franciya poytaxti Parij shahrida Evropa chempionlari ligasi nimchorak finali doirasida “PSJ” va “CHelsi” klublari o'rtasida qiziqarli bahsning shohidi bo'lamiz.


Jamoalar shu paytgacha 6 marta bir-birlariga ro'baro' kelishgan. Ushbu uchrashuvlarda jami 16 ta gol urilgan: har ikkala raqib hisobida bir xil - 8 tadan gol bor. Bugungi o'yin mazkur qarama-qarshilik silsilasining 9-bahsi sifatida tarixga muhrlanadi.

Eng qizig'i, ushbu jamoalar, mana, ketma-ket 3 yildirki, ECHLning qaysidir bosqichida bir-birlariga to'qnashishmoqda. 2013-2014-yilgi mavsumda klublar 1/chorak finalda o'ynashgan  va ikki o'yin natijasiga ko'ra umumiy hisob - 3:3 bo'lib, safarda urilgan gol evaziga “CHelsi” keyingi bosqichga chiqqan edi. O'tgan mavsumda esa yana shunday hisob qayd etildi, bu safar omad qushi “PSJ”ning boshiga qo'ndi.

Keling, jamoalarning milliy birinchilikdagi holatiga nazar tashlasak. Zero, bu ham bugungi muhim bahs oldidan tomonlarning imkoniyatlarini chamalashimizda qo'l keladi.

Franciya 1-ligasida “PSJ” 26 turdan so'ng 70 ochko (22 ta g'alaba, 4 ta durang, birorta ham mag'lubiyat yo'q!) bilan 1-o'rinda bormoqda. To'plar nisbati: 63–12.

Angliya Premer-ligasida “CHelsi” 26 turdan so'ng 33 ochko (8 ta g'alaba, 9 ta durang, 9 ta mag'lubiyat) bilan 12-o'rinda bormoqda. To'plar nisbati: 38–36.

Bu jihatdan “PSJ” yaqqol ustundek. Biroq ooxirgi turlarga nazar solsak, “PSJ” 12-o'rinda borayotgan “Lil” bilan durang (0:0) o'ynadi, “CHelsi” esa “Nyukasl Yunayted”ni tor-mor (5:1) keltirdi.

Davomi...

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика