PSJ "Barselona"dan o'ch olmoqchi
09 mar 2019 12:33
Yangiliklar
PSJ "Barselona"dan o'ch olmoqchi
Parijliklar ham gollandiyalik iqtidor sohibi bilan bitim imzolash niyatida edi, ammo futbolchi ispan grandini tanladi.
Ushbu kelishuvdan g'azablangan PSJ Kataloniya klubidan qasos olish uchun ularning asosiy yulduzlaridan biri, biroq hozirgi kunda zaxira futbolchisiga aylanib qolgan Filippe Koutinoni o'z tomoniga og'dirmoqchi. Etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan braziliyalik yarim himoyachi Parij klubining katta maoshli taklifini qabul qilishi mumkin. Futbolchining ko'k-anorranglilar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. SHartnomadagi tovon puli esa 400 mln. evroni tashkil qiladi.
Koutino joriy mavsum LaLiganing 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. Futbolchi ushbu bahslarning 15tasini asosiy tarkibda boshlagan.
Fikrlar