So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

CHempionlar ligasi. Kambek bo'lmadi, PSJ ikki o'yin natijasiga ko'ra "Barselona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

CHempionlar ligasi. Kambek bo'lmadi, PSJ ikki o'yin natijasiga ko'ra "Barselona"ni mag'lub etdi

CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan PSJ hamda "Barselona" o'rtasidagi javob uchrashuvi yakuniga etdi.

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 31'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

11/03/2021, 01:00

1
:
1
Tugadi

Barcelona

Lionel Messi - 37'

Stadion: Parc des Princes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
8'  Layvin Kurzawa
31'  Kylian Mbappe
46'  Layvin Kurzawa (Abdou Diallo)
50'  Idrissa Gana Gueye
50'  Leandro Paredes
59'  Julian Draxler (Angel Di Maria)
59'  Idrissa Gana Gueye (Danilo Pereira)
76'  Alessandro Florenzi (Colin Dagba)
84'  Marco Verratti (Rafinha)
89'  Mauro Icardi
25'  Oscar Mingueza
30'  Clement Lenglet
35'  Oscar Mingueza (Junior Firpo)
37'  Lionel Messi
38'  Frenkie de Jong
45'  Lionel Messi
66'  Sergino Dest (Trincao)
79'  Pedri (Miralem Pjanic)
79'  Ousmane Dembele (Martin Braithwaite)
79'  Sergio Busquets (Ilaix Moriba)

Birinchi o'yin – 4:1

YANGILASH

PSJ – "Barselona" 1:1 (umumiy hisob 5:2)

"Park de Prens"

Gollar: 1:0 – 30, penalti Mbappe, 1:1 – 37 Messi.

PSJ – Navas, Kimpembe, Kurzava (Diallo, 46), Markinos, Florenci (Dagba, 77), Paredes, Verratti (Rafinya, 84), Guye (Danilu Pereyra, 59), Draksler (Di Mariya, 59), Ikardi, Mbappe.

"Barselona" – ter Stegen, Dest (Trinkau, 66), Alba, Mingesa (Firpo, 35), Langle, de Yong, Buskets (Moriba, 79), Pedri (Pyanich, 78), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Kurzava (8), Mingesa (25), Langle (30), de Yong (38), Guye (50), Paredes (50), Ikardi (89).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. MBAPPE... Kilian Ter SHtegenga qarshi duelda "Barselona" posbonini taslim eta olmadi. Uning zarbasi noaniq bo'ldi.

85. "Barsa"ning tezkor hujumini Grizmann noaniq zarba bilan tugatib berdi.

84. O'zgarish: "Barselona" sobiq futbolchisi Rafinya Alkantara maydonda Marko Verratti o'rnini egalladi.

83. Ikardi PSJning qarshi hujumini noaniq zarba bilan yakunladi.

78. "Barselona"da o'zgarishlar: Dembele o'rniga Breytuyet, Pedri o'rniga Pyanich va Buskets o'rniga Moriba maydonga tushdi.

76. O'zgarish: Florenci o'rniga Dagba maydonga tushdi.

75. Albaning qanotdan uztgan to'piga Dembele oyoq qo'ysa bo'ldi edi, ammo Usmon bu harakatga ulgurmadi.

73. Florenci o'z jarima maydonchasi yaqinida Leoni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi vujudga keldi. Uzatmani PSJ futbolchilari qaytarib yuborishdi.

69. Usmonning burchakdan uzatgan to'pini Buskets darvozaga burdi, biroq Navas yana PSJni qutqarmoqda. 

66. O'zgarish: Dest o'rniga Trinkau maydonga tushdi.

61. Leo Albadan ajoyib to'pni qabul qilib oldi, ammo zarba berishda kechikdi va Markinos tezda hujumni bartaraf etdi.

59. PSJ safida o'zgarish: Birinchi bo'limda umuman ko'rinmagan Draksler o'rniga Di Mariya maydonga tushdi. Geye o'rniga esa Danilo o'yinga qo'shildi.

50. Sariq kartochka. Geye maydon markazida qoida buzgani uchun ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+3. SEYV! Navas Messi zarbasining yo'nalishini topdi.

45+2. To'p qarshisida Messi!

45+1. PENALTI! Endi PSJ darvozasi tomon. Leyvin Kurzava havodagi to'pni tepib yuborishga urinib, Grizmanning oyog'ini nishonga oldi.

42. Busketsning aniq zarbasidan so'ng Navas katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi.

37. GOOOL! Leoning super zarbasidan so'ng PSJ darvozasining to'qqizligi nishonga olindi. 1:1, umumiy hisob 5:2!

35. SHoshilinch o'zgarish: O'z qanotidagi vazifalarni eplay olmayotgan Mingesa o'rniga Firpo maydonga tushdi.

35. DEMBELEEE! Usmon yaqin masofadan Navas qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol eta olmadi.

30. ZARBAAA... GOOOL! Mbappe ushbu bahsdagi hisobni ochdi, umumiy hisob 5:1ga aylandi.

29. PENALTI! Ikardi oyog'ini bosib olgan Langle sariq kartochka bilan jazolandi. Hammasi tugaganga o'xshaydi.

28. Raqib jarima maydonchasiga uzatma paytida Ikardi baqirib yubordi va yiqilib tushdi. Takroriy lavhada "Barselona" himoyachisi Mauroning oyog'ini bosib olgani ko'rindi. VAR ishga kirishdi.

26. Sariq kartochka. Mingesa Mbappe qochib ketmasligi uchun uning libosidan tortdi va hakam tomonidan jazolandi.

24. MESSIII... Dembele chap qanotdan erlatib to'pni raqib jarima maydonchasi markaziga uzatdi, biroq Leo to'pga ulgurmay qoldi.

23. ZARBAAAA... Destning o'tkir burchakdan bergan kuchli zarbasidan so'ng to'p avvaliga Navasning qo'liga, keyin esa darvoza ustuniga tegib, o'yinga qaytdi.

18. Bir daqiqa ichida ikkinchi o'ta xavfli zarba! Bu safar Dembele PSJ darvozasini ishg'ol qilishga urindi, lekin Navasning mahorati mezbonlarni goldan qutqarib qoldi.

18. ZARBAAAA! Mingesaning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p Geyega tegib, maydonni tark etdi.

17. Mbappedan zarba, ammo u kuchsiz bo'lgani tufayli Ter SHtegen osonlik bilan to'pni egalladi.

13. Dembele chap qanotdan markazroqqa o'tdi va o'ng oyog'i bilan kuchli zarba berdi. To'p darvozaga bormadi.

12. Kataloniya klubi futbolchilari turli nuqtalardan PSJ darvozasi tomon zarba berishmoqda, ammo hozircha himoyachilar va darvozabon ishonchli o'ynamoqda.

10. ZARBAAA! Usmon Dembelening zarbasi aniq chiqdi, biroq kuchsiz bo'ldi. Navas to'pni egallab oldi.

9. To'p qarshisida Leo... Zarbaaa... Noaniq.

8. Usmon Messi uchun juda qulay joyda jamoasiga fol ishlab berdi. Kurzava hujumchini yiqitdi.

5. Dembele chap qanotda ikki himoyachidan qochib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni orqaroqdagi Leoga uzatdi. Messining zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

2. Bahs boshlanishi bilan PSJ ko'pchilik bo'lib himoyaga o'tdi, "Barselona" esa aksincha - hujumga katta kuch tashlagan.

1. O'yin boshlandi!

- O'z uyida 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan "Barselona" Parijda kambek amalga oshirishga urinib ko'radi.

- Assalomu alaykum futbolning ashaddiy muxlislari. Bugun sizlar bilan birga ajoyib uchrashuvni tomosha qilamiz.

PSJ (Franciya) – "Barselona" (Ispaniya)

01.00, «Park de Prens»

PSJ – Navas, Kimpembe, Kurzava, Markinos, Florenci, Paredes, Verratti, Guye, Draksler, Ikardi, Mbappe.

Barselona – ter SHtegen, Dest, Alba, Mingesa, Langle, de Yong, Buskets, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика