PSJ 40 mln evroga himoyachi sotib oldi
09 avg 2024 19:45
Yangiliklar
PSJ 40 mln evroga himoyachi sotib oldi
PSJ Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan ekvadorlik markaziy himoyachi Uilyan Pacho bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qildi.
22 yoshli futbolchi Parij klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekdi.
Transfer summasi rasman oshkor etilmagan, ammo taniqli insayder Fabricio Romanoning malumotlariga ko'ra, PSJ futbolchi uchun 40 mln evro to'lagan. "Ayntraxt" bonus sifatida yana 5 mln evro olishi mumkin.
Pacho 2023/24 yilgi mavsum nemis jamoasi safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar