Pro ligani tark etgan "Istiqlol"ning ikki nafar o'yinchisi "Xorazm"ga o'tdi
23 apr 2021 11:26
Yangiliklar
Pro ligani tark etgan "Istiqlol"ning ikki nafar o'yinchisi "Xorazm"ga o'tdi
Xabaringiz bor, O'zbekiston PRO-Ligasida ishtirok etib kelgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi yaqinda musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.
SHundan so'ng O'zbekiston Professional Futbol Ligasi "Istiqlol" futbolchilarini boshqa jamoalarga o'tib, ro'yxatdan o'tishi uchun imkoniyat yaratib berdi.
"Xorazm" jamoasi bundan unumli foydalanib, "Istiqlol"ning ikki nafar etakchisini o'z safiga qo'shib oldi. Bular - jamoa sardori, markaziy himoyachi Abduxoliq Qurbonov va markaziy yarim himoyachi Sardor Sotvoldievdir. SHu tariqa ushbu o'yinchilar endilikda faoliyatini "Xorazm" jamoasida davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar