So’nggi yangiliklar

14:18ПРО-Лига. "Арал" - "Шўртан": Асосий таркиблар маълум  0 13:17Неймар жароҳати ҳақида: "Шифокорлар мени огоҳлантиришганди"  1 12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  4 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  1 12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  3 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  6 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  3 10:50Мареска: "Челси" АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  13 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  33 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  2 08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  9 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  1

PRO-Ligada kimlar bosh murabbiylik qilmoqda? Yangiliklar

PRO-Ligada kimlar bosh murabbiylik qilmoqda?

Teglar :  PRO-liga
PRO-Ligada faoliyat yuritayotgan murabbiylarni tanishtirishda davom etamiz.

Saytimiz orqali avvalroq “A” guruhidagi jamoalarning bosh murabbiylari haqida to'xtalib o'tgandik. Quyida esa “B” guruhidagi  9ta jamoaning bosh murabbiylari haqida to'xtalib o'tamiz.

"G'ijduvon" – SHerzod Sattorov
Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi joriy mavsumdan buyon yana PRO-Ligada ishtirok eta boshladi. CHempionatda qatnashishi so'nggi pallalarda hal bo'lgan “G'ijduvon”ga bu yil ham SHerzod Sattorov ustozlik qilmoqda. SHunga qaramay jamoaning hozircha chempionatda qayd etayotgani natijalari ijobiy chiqmoqda. Katta futbolda faqatgina “G'ijduvon”da murabbiy sifatida ishlagan Sattorovga taniqli murabbiy Usmon Toshev va uning doimiy hamrohi Farruh Hamroev yaqindan ko'maklashmoqda. Tarkibdan ham asosan mahalliy futbolchilar o'rin olganini aytish mumkin.  

"Zomin" - Zoir Hasanov
Bungacha OFKning instruktori sifatida mamlakatimizda yosh murabbiylarga talim berib kelgan Zoir Hasanov katta futbolda asosan ushbu yo'nalishdagi ishi bo'yicha tanilgan. Superligadagi professional klublarda hozircha bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rmagan Hasanov o'tgan yili malum muddat Jizzaxning boshqa bir jamoasi “G'allakor”ni boshqargandi. Keyinchalik u erdan ketgach, malum muddat ishsiz yurdi. Joriy yildan boshlab Hasanov endi “Zomin” ustozi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bosh murabbiyga Asqar Umarov yordam berayotganini qo'shimcha qilish lozim.  


“Yozyovon” – Salimjon Zokirov
Farg'ona viloyati, Yozyovon tumani jamoasi bir necha yillardan buyon PRO-Ligada ishtirok etib kelmoqda. Ushbu jamoani ligada o'z o'rnini topib ketishida Salimjon Zokirovning hissasi beqiyos ekanligini aytish darkor. Negaki, kamtarona sharoitdan kelib chiqib, Yozyovon tumanida professional jamoani ushlab turishning o'zi oson emas. Jamoada moliyaviy imkoniyatlar xavas qilgudek bo'lmasada, har yili kurashchan jamoa shakllantirib kelinadi. Eng asosiysi “Yozyovon” ligada o'z o'rnini saqlab kelmoqda. Salimjon Zokirovning murabbiylik licenziyasi bilan bog'liq muammo borligi sababli har yili klub menejeri sifatida PFL ro'yxatidan o'tadi. Lekin jamoadagi tashkiliy ishlar bilan parallel ravishda murabbiylikni ham o'zi olib boradi. Unga mahalliy murabbiy Lutfullo Haydarov yordam berib kelmoqda. Yozyovonliklarning hozircha chempionatdagi ko'rsatkichlari chakki emaslingini alohida etirof etish joiz. Negaki, jamoa 10 jamg'arib, turnir jadvalida 2-o'rinni band etib turibdi.
 
"Xotira-79" – Naufal Boboev
Namangan viloyati, Uychi tumani jamoasi bo'lmish “Xotira-79” ham chempionat boshlanishiga oz fursat qolganida yig'ildi va yangi mavsumga shoshilinch tarzda tayyorgarlik ko'rdi. Bu paytga kelib klub rahbariyatida ham o'zgarish yuz berib, endilikda rais sifatida Nosirjon Sultonov ishlab kelmoqda. Yangi rahbariyat bosh murabbiylikka avvaliga andijonlik Nozim Mullaoxunovni taklif etgandi. Bir necha yil “UzDongJu” jamoasini boshqarib kelgan murabbiyda “A” licenziyasi borligi uchun ham “Xotira-79” rahbariyati ushbu postga aynan Mullaoxunovni taklif etishga qaror qilgandi. Ammo malum fursat o'tgach, jamoadagi sharoitlar Mullaoxunovni qoniqtirmadi va murabbiy “Xotira-79” bilan do'stona ravishda xayrlashib qo'yishga qaror qildi. SHundan so'ng jamoa ko'p vaqt bosh murabbiysiz qolib ketmadi. Bungacha asosan ayollar jamoasida murabbiy sifatida ishlagan Naufal Boboev Uychi jamoasini qabul qilib oldi. Yangi murabbiy qo'li ostida uychiliklar yaqinda Buxoroda irodali g'alabaga erishdi. “Labsa” bilan o'yinda 2:1 natijasi bilan muvaffaqiyat qozongan uychiliklar ushbu omadli yurishini keyingi turlarda ham davom ettira olishini vaqt ko'rsatadi. Naufal Baxtiyorovichga murabbiylar shtabida mahalliy yosh murabbiylardan biri Omil Mo'minov yordam beradigan bo'ldi.


"Nurafshon" - Vohid Xolboev
Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi liga debyutanti sanaladi. Asosan toshkentlik futbolchilardan iborat bo'lgan jamoaga yosh murabbiylardan biri Vohid Xolboev ustozlik qilmoqda. Xolboev bungacha ham PRO-Liga (birinchi ligada) klublarini boshqargan. Xususan, “Oq-Tepa”, “Lokomotiv-BFK” jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. O'tgan yili esa Vohid Xolboevni sobiq “Obod” jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlaganini ham ko'rdik. Xolboevga “Nurafshon” jamoasida tajribali futbolchi Asqar Jadegirov ham o'ynovchi-murabbiy sifatida ko'maklashmoqda. Toshkent viloyati jamoasi ham chempionat starti arafasida ligada o'ynashi aniq bo'ldi. SHunga qaramay murabbiylar jamoaga iqtidorli o'yinchilarni taklif eta oldi.

"SHerdor" - Baxtiyor Sattorov
Samarqandning “SHerdor” jamoasi malum muddatlik tanaffusdan so'ng yana quyi ligada ishtirok eta boshladi. Bunda bosh murabbiy Baxtiyor Sattorovning ham hissa katta bo'ldi deyish mumkin. Sababi 32 yoshli murabbiy jamoasini PRO-Ligada qatnashishi uchun so'nggi pallagacha xarakat qilib, PFLdan ruhsat olishga erishdi. “SHerdor” tarkibi ham asosan samarqandlik futbolchilardan tashkil topgan. Baxtiyor Olimjonovichga murabbiylar shtabida Alisher Latipov, Fazliddin Boboqulov hamda Jahongir Abdullaev yordam bermoqda. Sattorov bungacha “Mashal” yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ishlagan. SHunday ekan murabbiy bu yil u PRO-Ligada debyut mavsumini o'tkazmoqda.


"Iftixor" - Asad Do'rmonov
Liga debyutanti “Iftixor” jamoasi rahbariyati boshqaruv postiga Asad Do'rmonovni olib kelishga qaror qildi. Aytishlaricha rahbariyat tomonidan bosh murabbiyni oldiga “B” guruhida 1-o'rinni egallash vazifasi qo'yilgan. Asli surxondaryolik bo'lgan Asad CHorshanbievich uchun Farg'ona futboli begona emas. Ko'p yillardan buyon ushbu viloyatda istiqomat qilib kelayotgan murabbiy bungacha ham PRO-Ligada (birinchi ligada) bosh murabbiy sifatida ishlagan. Xususan malum muddat “Yozyovon” jamoasini boshqargan. Qolaversa “Neftchi” klubida ham turli lavozimlarda murabbiy sifatida faoliyat yuritganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Kerakli murabbiylik licenziyasiga ega bo'lgani uchun ham Do'rmonovlarning to'ng'ichi uzoq vaqt ishsiz qolib ketmadi va ayni damda ko'rib turganingizdek Yoshlar ittifoqining “Iftixor” jamoasini boshqarib kelmoqda. Unga yaqin o'tmishning sobiq futbolchisi Nodir Qo'ziboev yordam bermoqda. Aslida Do'rmonov jamoaga kelguniga qadar jamoa natijalariga Qo'ziboev javobgar shaxs sifatida gavdalanib kelayotgandi. Ammo endi-endi murabbiylik sohasida faoliyatini boshlagan Nodir Qo'ziboevda hozircha tegishli murabbiylik licenziyasi mavjud emasligi sababli yordamchi sifatida ishlab kelmoqda. Ammo uning jamoadagi o'rni katta deyish mumkin. Jamoaning selekciya ishlari ham ko'proq Qo'ziboev orqali amalga oshirilganini aytish darkor. Ko'ramiz, Do'rmonov-Qo'ziboev tandemi mavsum davomida qanday natija qayd etarkin.

"Labsa" – SHuhrat Jo'raev
Buxoroning “Labsa” jamoasi ham liga debyutanti sanaladi. CHempionatda ishtirok etishi so'nggi pallada aniq bo'lgani uchun ham tarkibida asosan mahalliy yigitlar jamlangan. Aftidan debyut mavsumida jamoa rahbariyati yuqori maqsadlarni qo'ymagan ko'rinadi. Jamoa natijalariga masul shaxs SHuhrat Jo'raev ekanligini aytish lozim. Klubdagi tashkiliy masalalar va murabbiylik borasidagi ishlarni Jo'raev o'z zimmasiga olgan. Ochig'i, SHuhrat Jo'raevni bungacha professional klublarda murabbiy sifatida ishlaganini ko'rmaganmiz.

"Lokomotiv-BFK" - Leonid Senkevich
PRO-Liganing doimiy ishtirokchisi “Lokomotiv-BFK” jamoasini bu yil ham Leonid Senkevich boshqarmoqda. 46 yoshli murabbiyning ushbu ligada ishlash tajribasi etarli deyish mumkin. CHunki Senkevich bungacha liganing bir nechta jamoalarini boshqargan. Yoshlar bilan yaxshi ishlay oladi. SHu bois jamoa rahbariyati boshqaruv postiga aynan Senkevichni taklif etgan deyish mumkin. Murabbiyni oldiga asosan yoshlarni to'g'ri tarbiyalash va ularni Superliga klublariga etkazib berish vazifasi qo'yilgan. Senkevich  jamoada bir o'zi ishlab kelmoqda. Unga jamoa mamuri Pavel Zaxarov yaqindan yordam beradi. Ammo “Lokomotiv-BFK”ning chempionatdagi ishlari hozircha maqtagulik emas. Sababi “Temiryo'lchilar” hozirgacha 4ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida mag'lub bo'lgan. Balki biroz vaqt o'tsa, hammasi iziga tushib ketar.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика