So’nggi yangiliklar

13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  3 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  2 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  6 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  8 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  1 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  2 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0

Pro liga. "Dinamo" Jizzaxda "Zomin" ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

Pro liga. "Dinamo" Jizzaxda "Zomin" ustidan g'alaba qozondi

Teglar :  DinamoZominpro liga
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Dinamo" uchrashuviga start berildi.

Ushbu sahifada o'yinning jarayonini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. Dastlabki daqiqalardan "Dinamo" jamoasi hujum uyushtirmoqda. 

"Dinamo" jamoasi ikki bor burchak to'pidan hisobni ochishi mumkin edi. Andrey Sidorov yaratilgan imkoniyatdan foydalana olmadi.

Mezbonlar tashabbusni qo'lga olishga harakat qilishmoqda. Bugun "Zomin" o'yingohiga bir necha nafar muxlislar tashrif buyurishgan.

Penaltii! Bosh hakam "Zomin" darvozasi tomon 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. Bu vaziyatda mezbon jamoa himoyachisi Asiljon Mansurov raqib futbolchisi Oybek Nurmatovga nisbatan qo'pollik ishlatgan edi.

Gooolll! 31-daqiqada Suhrob Nurulloev uchrashuvda hisobni ochmoqda, 0:1.

Goldan so'ng "Zomin" jamoasi to'pni nazorat qilmoqda. 

Uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga etmoqda, hisob hamon 0:1 "Dinamo" jamoasi oldinda.

"Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi bugun tarkibda bir qator rotatciyalarga qo'l urganini ko'rishimiz mumkin. Hususan Muhammadqodir Hamraliev, SHahzodbek Hamidov kabi yoshlar bugun asosiy tarkibda harakat qilmoqda.

Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Gooolll! Damir Temirov "Dinamo"ning ikkinchi goliga mualliflik qilmoqda. Hisob 0:2.

Zarbaaa! "Dinamo" futbolchisi Oybek Nurmatovning zarbasini mezbonlar posboni Javohir Komilov qaytardi. 

Gooolll! "Zomin" futbolchisi Farrux Hojibekov boshi bilan gol urib oradagi farqni qisqartirdi, 1:2. Ikkinchi bo'lim kutganimizdanda shiddatli o'tmoqda.

Uchrashuv davom etadi! "Zomin" jamoasi tarkibida o'zgarish. Bir necha daqiqalar oldin gol urgan Farrux Xojibekov o'rniga Muhammad Norboev tushdi.

"Dinamo" tarkibida o'zgarish Eldor Boymatov o'z o'rnini Bobur Qosimovga bo'shatib berdi.

Seyvvv! Mezbonlar posboni jamoasini yana bir goldan qutqarib qoldi. Darhaqiqat ajoyib zarbaga darvozabon ajoyib seyv bilan javob qaytardi.

"Zomin"da navbatdagi o'zgarish. Asiljon Mansurov o'rnida Mirjalol Suyunov va Maradona Safarov o'rnida SHerzod Jalilov uchrashuvni davom ettiradi.

O'zgarish! "Dinamo"da Andrey Sidorov o'rniga Azamat Allaniyozov maydonga tushdi, Oybek Nurmatov o'rniga Azimjon Mirzaev tushdi.

Maydon egalari hujumlar sonini oshirishmoqda. Muhammad Norboevning uzoq masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

O'zgarish! Farhod Nomozov o'rniga Jahongir Ahmadov maydonga tushdi.

"Zomin" katta kuch bilan oldinga o'tmoqda.

Bosh hakam uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berdi.

Uchrashuv yakunlandi. "Dinamo" safarda "Zomin"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu g'alabadan keyin "Dinamo" ochkolari sonini 14taga etkazib 5-o'rinda qolgan bo'lsa, "Zomin" 7 ochko bilan 7-o'rinda qoldi.


Pro liga. 11-tur
11 oktyabr, yakshanba
ZOMIN - DINAMO 1:2

Gol: Suhrob Nurulloev, 30 Damir Temirov, - Farrux Hojibekov.
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, SHohruh Azamov, Aleksandr Burov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Vladimir Nazarov

"Zomin": 12.Javohir Komilov, 2.Ozodbek Rajabov, 4.Eldor Karimov, 5.Doniyor Umarov, 8.Otabek Ahmadjonov, 10.Jonibek Ko'chimov, 11.Robbim Hasanov, 17.Abdumutal Tursunqulov, 20.Asiljon Mansurov, 21.Maradona Safarov, 22.Farrux Hojibekov.
Zaxira: 1.Islomjon Asralov, 3.Mirjalol Suyunov, 6.SHerzod Jalilov, 9.Lutfullo Fayzullaev, 14.Muhammad Norboev, 16.Yormalik Umarqulov, 23.Boburjon Isroilov, 32.Fazliddin Dehqonboev, 36.Ilhom Norqulov.

"Dinamo": 1. Erkin Jabbarov, 2. Hakimxon Alamxonov, 7. Suhrob Nurulloev, 8. Eldor Boymatov, 11. Damir Temirov, 14. Andrey Sidorov, 19. Obid Jo'raboev, 21. Muhammadqodir Hamraliev, 23. SHahzodbek Hamidov, 24. Farhod Namozov, 78. Oybek Nurmatov.
Zaxira: 22. SHohruh Raimov, 5. Avaz Agaliev, 6. Bobur Qosimov, 9. Jahongir Ahmadov, 20.SHahboz Nuriddinov, 26. Komil SHarafutdinov, 27. Azamat Allaniyozov, 44.Iskandar Siddiqjonov, 95. Azimjon Mirzaev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика