PRO-Liga, “V” guruhi. 3-turda eng ko'p muxlis Zominda

Narzulla Saydullayev
22 apr 2018, 18:01
PRO-Liganing 3-tur yakunlari bo'yicha e'tiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

Ochig'ini aytganda, “V” guruhidagi o'yinlar ishqibozlarning qiziqishidan chetda qolmoqda. Chunki muxlislarning tashrifi u qadar ko'p bo'layotgani yo'q. Tomoshabinlar soni 3000tadan ham ortayotgani yo'q.  

Xususan, 3-turning jami 4ta o'yiniga 5253ta muxlis kirgani ham so'zimizni isbotlasa ajab emas. Har bir uchrashuvga o'rtacha 1313 nafar ishqiboz demakdir. Albatta bu juda oz.
3-turda eng ko'p muxlislarning qiziqishiga sabab bo'lgan bahs “Zomin” – “Sherdor” (0:2) o'yini bo'ldi. Zomindagi uchrashuvga 2513 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Shunga qaramay mezbonlar o'z uyida kutilmaganda “Sherdor”ga imkoniyatni boy berdi.

Eng kam ishqiboz kirgan uchrashuv Namangan viloyati, Uychi tumanida kechgan “Xotira-79” – “Lokomotiv-BFK” (4:3) o'yini bo'ldi. Gollarga boy bo'lgan bahsni atiga 707 nafar muxlis bevosita stadionda kuzatib bordi.


Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

 “XOTIRA-79” – “LOKOMOTIV-BFK” - 4:3 (2:1).
Uychi tumani. “Paxtakor” stadioni. 707 tomoshabin.

 “ZOMIN” – “SHERDOR” - 0:2 (0:0).
Zomin shahri. “Markaziy” stadion. 2513 tomoshabin.

 “G'IJDUVON” – “IFTIXOR” - 2:1
G'ijduvon shahri. “Navro'z” stadioni. 1208 tomoshabin.

 “YOZYOVON” – “LABSA” - 0:0
Yozyovon shahri. “Yozyovon” stadioni. 825 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia