So’nggi yangiliklar

12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  38 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7

PRO-Liga, “V” guruhi 2-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “V” guruhi 2-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga2-tur
PRO-Liga “V” guruhining 2-turida bo'lib o'tgan o'yinlardagi gollarga sharh berib o'tamiz.

* Turning 4ta o'yinida jami 9ta gol qayd etildi. Qizig'i, “V” guruhida o'tgan turda ham 9ta gol qayd etilgandi.
* SHundan 3tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 6ta golni mehmonlar kiritdi.
* Safarda eng ko'p gol urgan jamoa – “Nurafshon”. Samarqandda “SHerdor” jamoasiga qarshi kechgan bahsda Toshkent viloyati jamoasi raqib darvozasiga  3ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.  
* “Zomin”, “Labsa” va “G'ijduvon” jamoalari ushbu turda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qoldi.
* O'z maydonida raqib darvozasiga eng ko'p to'p kiritgan jamoa ham “SHerdor” bo'ldi. 2ta gol.
* Turning eng tezkor goli “SHerdor” – “Nurafshon” o'yinida qayd etildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida mehmonlar azoasi Elbek Ravshanov yaratilgan vaziyatni gol bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi. Ahamiyatlisi ushbu tezkor gol yakunda Toshkent viloyati jamoasiga safarda muhim uch ochkoni keltirdi.  
* Turning eng so'nggi goli ham “SHerdor” – “Nurafshon” o'yinida kuzatildi. Dramatik tarzda kechgan uchrashuvning 83-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqov raqib darvozasiga to'p kiritib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
* O'yinlarning birinchi taymida 3ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi bo'limda esa darvozalarga yana 6ta to'p kiritildi.
* PRO-Liganing 2-turida 2ta penalti qayd etildi. “Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon” uchrashuvini boshqarib borgan hakam Olimjon Tolibjonov har bir taymda mehmonlar darvozasiga 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Belgilangan penaltini avvaliga Timur Ergashev aniq amalga oshira olmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Saidmahmud G'ulomov unumli foydalanib qoldi. Lekin bu “Lokomotiv-BFK”ning mag'lubiyatdan qutulib qolishiga etarli bo'lmadi.
* Ushbu turda dubl, xet-trik va avtogol qayd etgan futbolchilar urchmadi.  

PRO-Liga, “A” guruhi. 2-turda gol urgan futbolchilar
1. Saidmahmud G'ulomov (“Lokomotiv-BFK”) – 1ta.
2. Mamir Qosimov (“Yozyovon”) – 1ta.
3. Zohid Ismoilov (“Yozyovon”) – 1ta.
4. Doston Toshmatov (“Zomin”) – 1ta.
5. Farzin Muxtorov (“SHerdor”) – 1ta.
6. Furqat Rahmonov (“SHerdor”) – 1ta.
7. Elbek Ravshanov (“Nurafshon”) – 1ta.
8. Farrux SHotursunov (“Nurafshon”) – 1ta.
9. Orifxo'ja Abduxoliqov (“Nurafshon”) – 1ta.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика