So’nggi yangiliklar

22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  7 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  1 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  4 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  12 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  7 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14

Pro liga. "Snayperlar" jangida kim g'olib bo'lishi mumkin? Yangiliklar

Pro liga. "Snayperlar" jangida kim g'olib bo'lishi mumkin?

Pro liga to'purarlariga nazar.

Mamlakatimizda Superligadan keyingi o'rinda turadigan Pro ligada ham murosasiz janglar boshlandi. Bu nafaqat jamoalar, to'purarlar o'rtasida ham kechayotganini aytish joiz.


Turon

Abdulaziz Abdurashidov - 16', Humoyun Murtozaev - 62'

PRO liga. 19-tur

25/09/2022, 18:00

2
:
2
Tugadi

Buxoro

Abduxoliq Qurbonov - 24', Ro’zimboy Ahmedov - 51'

45'
90'
16'  Abdulaziz Abdurashidov
62'  Humoyun Murtozaev
24'  Abduxoliq Qurbonov
51'  Ro’zimboy Ahmedov


Bugun Yaypanda "Turon" o'z "Buxoro"ni qabul qildi. Mazkur bahs nafaqat turnir jadvalidagi principiallik, balki forvardlarning to'qnashuviga aylandi. 50-daqiqada buxoroliklar safida raqib darvozasiga Ro'zimboy Ahmedov to'p kiritdi. Bu uning joriy mavsum Pro ligada 18 uchrashuvdagi 15 goli bo'ldi. SHu bilan birga xorazmlik forvard o'tgan mavsumdagi natijasini yangiladi (19ta o'yin, 12ta gol, to'purarlar poygasida Marko Obradovichdan so'ng ikkinchi o'rin).

 


"Turon"ning bu yilgi gol "mashina"si Humoyun Murtozaev Ro'zimboy Ahmedovni "quvish"da davom etadi. Hozirga qadar u 19ta uchrashuvda 14ta marotaba raqib posbonlarini ranjitishga ulgurdi. Agarda 84-daqiqada penaltini aniq amalga oshirganida Ro'zimboy Ahmedov bilan tenglashib olgan bo'lar edi. 


"Turon"ning to'p "mashina"si to'xtamayapti Uni yana topdik.



Bu ikki hujumchiga "Xorazm"ning topilmasi Rokki Marchiano 13ta bahsda 10ta gol bilan raqobatchilik qilmoqda. Demak eng yaxshi to'purar bo'lish uchun mana shu uchlikda imkoniyat katta. Song Lonji, SHahzod Beshimov, Mikola Agapov 8ta gol bilan keyingi o'rinlarni egallab turishibdi. Har jabhada keskin kurash kechayotgan ligada barchasi mavsumning oxirgi turida hal bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика