PRO-liga. Pley-offda o'ynaydigan jamoalarning barchasi malum
14 noy 2018 17:08
Yangiliklar


PRO-liga. Pley-offda o'ynaydigan jamoalarning barchasi malum
Oldinda faqat so'nggi tur bahslari qoldi.
Bugunga kelib "A" guruhida ham "B" guruhida ham pley-offda o'ynaydigan klublar nomi malum bo'ldi.
"A" guruhida "Andijon" birinchi o'rinni naqd qildi va Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqdi.
Ushbu guruhda "Mashal" ikkinchi, "Istiqlol" uchinchi o'rinni naqd qilishdi.
"B" guruhida esa "SHerdor" va "Nurafshon" klublari oxirgi turdagi natijadan qati nazar kuchli ikkinchi o'rindan pastga tushishmaydi. Faqat ularning aynan qaysi o'rinni olishlari so'nggi turdan keyin malum bo'ladi. "Nurafshon" oxirgi turda yirik hisobda g'alaba qozonsa birinchi o'ringa chiqib oladi.
"Andijon" - Superliga
"A" guruhi
"Mashal" va "Istiqlol" pley-offda o'ynaydi
"B" guruhi
"SHerdor" va "Nurafshon" pley-offda o'ynaydi
PRO-LIGA PLEY-OFF
26-27 noyabr
1-juftlik. "Mashal" – Pro-Liga “V” 2-o'rin
2- juftlik. "Istiqlol" – Pro-Liga “V” 1-o'rin
SUPERLIGA PLEY-OFF
3 dekabr
Superliga 11-o'rin – 1- juftlik g'olibi
4 dekabr
Superliga 10-o'rin – 2- juftlik g'olibi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar