So’nggi yangiliklar

20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  0 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  5 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  134 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  0 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  0 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  1 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  26 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2

PRO-liga klublari sentyabr oyida o'z futbol maktablarini ishga tushirishlari kerak Yangiliklar

PRO-liga klublari sentyabr oyida o'z futbol maktablarini ishga tushirishlari kerak

Teglar :  PFLPRO-liga
Professional futbol ligasi Pro-liga klublarini ikki guruhga ajratgandi. Bunda teng sharoitli bo'lmagan klublarning o'zaro to'qnash kelmasligi masalasi alohida o'rin tutadi.

Garchi Pro-liganining “B” guruhi klublarida ham nazariy jihatdan Superligaga yo'l olish imkoniyati bo'lsa-da, ulardan buning uchun talab qilinadigan shartlar bor. Liga peshqadamining natijasi qanday bo'lmasin, agar uning sharoitlari Superliga talablariga javob bermasa, bu guruh klublari pley-off o'yinlarigayoq qo'yilmaydi.

Mavsum-2019 uchun tayyorgarlik


Bungacha Pro-liga “B” guruhi klublariga talablar bosqichma-bosqich qo'yilishi borasida jamoalar rahbariyati PFL tomonidan ogohlantirilgandi. Tashkilot Pro-liga klublari o'zini o'nglab, mavsumga kirishib olguniga qadar qo'yib berdi. Endi esa 2019 yilgi mavsum harakati iyun oyidan boshlanadi.

Rejaga ko'ra, endi Pro-liga klublaridan stadionni yaxshilash masalasi shunchaki talab qilinmaydi. Bir necha yillar davomida PFL yanvar oyida stadionlarda tekshiruv o'tkazib, martga qadar ularni tamirdan chiqarishni talab qilib kelgan. Aslini olganda bu mantiqsizlik.

Boisi, ikki oy ichida stadionni talab darajasiga keltirishning imkoniyati yo'q. Qolaversa, klublar o'zida mavjud bo'lgan mablag'ni butun stadionga sochib yuboradi va ishni xo'ja ko'rsin uchun qiladi (kosmetik tamir).

Endi esa klublar stadiondagi sharoitlarni bosqichma-bosqich yaxshilashga harakat qiladi. Ularning barchasi PFL talablari asosida bo'lishi nazoratga olinadi. Avval kiyim almashtirish, hakamlar xonalaridan ish boshlanadi. Avgust oyida bu xonalar taxt holga kelishi kerakki, unda Superliga klublari ham og'rinmay kiyim almashtira olsin. Sentyabrdan boshlab maktablarda yangi o'quv yili boshlanadi. SHundan kelib chiqib, Pro-liga klublari o'z futbol maktablarini shu oydan boshlab ishga tushirishi kerak.

Aslida Pro-liga klublari shundoq ham futbol maktabiga ega bo'lishi shart. Biroq bu ishga barmoq ostidan qaraydigan klublar etarlicha. Maktablar shunchaki tashkil etilib, keyin qarovsiz qoldirilmaydi. PFL buni doimo nazorat qilib boradi.

SHu tariqa ofisdan tortib, drenajgacha, darvoza ustunlari, to'ri-yu, muxlislar sektori va ular uchun ajratilgan hojatxonalarga qadar bosqichma-bosqich qurilishi kerak. Bularning barini birdaniga amalga oshirish uchun juda katta mablag' lozim va uni birdaniga topish imkonsiz. Biroq Pro-ligada o'ynash istagida bo'lgan va uzoq yillik rejasi bor jamoalar bu talablarni bajarishga majbur. 1-2 yil Pro-ligada o'ynab, keyin yo'qolib ketadigan klublardan PFL ham, futbol ham manfaatdor emas.

SHu o'rinda bir jihatni eslatib o'tish lozim, PFL talablarini o'z vaqtida bajarmagan klublar nafaqat bu mavsumdan chetlashtiriladi, balki 2019 yilgi mavsumga ham qo'yilmaydi. O'sha klub rahbariyatidan tortib, jamoaga qadar PFL ishonchidan chiqadi. Talablarni bosqichma-bosqich bajarishga bel bog'lagan klublar bilan esa 2-3 yil davomida ish olib boriladi. Ajab emas, shu davr davomida quyi liga stadionlari, bazalarida ham ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlansa.

PFL mazkur ish yuzasidan umumiy yig'ilish o'tkazmaydi. Balki, har bir klub bilan birma-bir uchrashuv bo'lib o'tadi. Bunda klub rahbariyatidan tortib, sarmoyadorlarga qadar ishtirok etishi shart. Har bir klubning ish rejasi hamda shu klub qilishi shart bo'lgan ishlar o'zaro kelishib olinadi. Futbol jamoatchiligi bu rejadan boxabar qilinadi. Yani, PFL bilan bir qatorda, qolgan klublar ham, jurnalistlar ham, muxlislar ham o'zgarishlarni kuzatib borishi mumkin bo'ladi. Qilingan ishlar yuzasidan klublar PFLga, PFL esa jamoatchilikka malumot taqdim etib boradi.

Klublar bilan uchrashuvlar jadvali tez kunda malum qilinadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика