So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

Pro-Liga. "Istiqlol" Samarqandda to'xtatildi (to'liq sharh) Yangiliklar

Pro-Liga. "Istiqlol" Samarqandda to'xtatildi (to'liq sharh)

Pro-Liganing 33-turida Samarqandning "Dinamo" klubi o'z maydonida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoalarning faol harakatlari bilan boshlandi. SHu kuni o'z muxlislari qarshisida to'p surayotgan "Dinamo" futbolchilari birinchi bo'lim ilk daqiqalaridan boshlab hujumkorlikni oshirdilar. Birinchi bo'limni 4-daqiqasidayoq mezbonlar futbolchisi  Pavel Purishkinda qulay imkoniyat yuzaga keldi, biroq uning qanotdan uyushtirgan hujumi samarasiz yakunlandi. Uchrashuvga uzoq yo'l bosib etib kelgan "Istiqlol" jamoasi futbolchilari ham "Dinamo"ning hujumlariga hujum bilan javob berdilar. Birinchi bo'lim 18-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rustam Abduhamidov tomonidan uyushtirilgan hujum xavfli chiqdi, biroq bu vaziyatda omad mezbonlar tomonida bo'ldi, hujum samarasiz yakunlandi. Oradan bir oz vaqt o'tib mezbonlar futbolchisi Damir Temirovning mehmonlar darvozasi tomon yo'llagan kuchli zarbasini himoyachilar qaytarib qolishdi. SHundan so'ng mezbonlarda ketma-ket burchak zarbasi tepish imkoni yuzaga kelgan bo'lsada, hisob ochilmadi. Birinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yana o'sha mezbonlar futbolchisi Damir Temirovda gol urish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan bo'lsada, uning zarbasi golga aylanmadi. Uchrashuvning birinchi bo'limi 0:0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim  "Istiqlol" futbolchilari hujumkor o'yini bilan boshlandi. Mehmonlar uyushtirayotgan hujumlar natijasida Elyor Akbarovda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Lekin ushbu vaziyatda "Istiqlol" hujumchisining zarbasiga aniqlik etishmadi. SHundan so'ng "Dinamo" futbolchilari hujumkorlikni oshirdilar, mehmonlar o'z navbatida raqibni qarshi hujumda jazolashga urindilar. Uchrashuvning 70-daqiqasiga kelib mehmonlar futbolchisi Bobur Aminjonov hakam tomonidan ikkinchi bor sariq kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi. Bu vaziyat mehmonlarga qo'l keldi. Nihoyat uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar gol ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. 71-daqiqada  mezbonlar futbolchisi Dilmurod Karimovning chamasi 25-metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini mezbonlar darvozaboni qaytara olmadi, 1:0. Goldan ruhlangan mezbonlar hujumkorlikni oshirgan bo'lsalar, mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qildilar. Uchrashuv so'ngi daqiqalarida har ikki jamoa azolarida gol urish uchun vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, hisob o'zgarmadi. Uchrashuv "Dinamo"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.



Pro-Liga. "A" guruhi.

33-tur.

"Dinamo"-"Istiqlol" 1:0. (0:0)

"Dinamo": 
27. SHoxruh Eshbo'taev, 2. Mirkomil Lokaev, 6. Akmal Xolmurodov (s), 10. Pavel Purishkin, 90. Abbos Jumaqulov, 17. Jasur Azimov, 20. Dilmurod Karimov, 21. Damir Temirov, 24. Avaz Agaliev, 41. Suhrob Izzatov, 70. Otabek Narzullaev.

Zaxira:16. Alijon Alimuhammedov, 18. SHerzod Jalilov, 19. Sanjar Baratov, 23. Komil SHarofutdinov, 28. Timur SHaripov, 50. Viktor Grigorev

"Istiqol"12. Nodir Ashurmatov, 4. Jasur Ermamatov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 10. Elyor Akbarov, 11. Xamidullo Abduhamidov, 13. Timur Sultonov, 14. Rustam Abduxamidov, 15. Bobur Amindjonov, 18. Obit Jo'raboev, 22. Sardor Telyakov, 30. Eldor Ergashev
Zahira:1. Islom Abdullaev, 2. Aziz Madaliev, 7. Riza Ayvazov, 8. Sardor Sotvoldiev, 9. Raximberdi Mamatkarimov, 19. Abdulaziz Yoqubov, 21. Elyor Mamasoliev

CHetlatish: Bobur Aminjonov 70



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика