Pro liga elchisiga aylangan Elmurod Haqnazarov: "Shunchaki qoyil qoldim"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2021, 23:02
Xabaringiz bor, bundan bir necha soat oldin Pro liganing joriy mavsumiga qur'a tashlandi.

Yuqori darajada tashkil etilgan mazkur tadbirda Pro liganing elchilari etib vloger va turli shou dasturlardagi chiqishlari bilan tanilgan Elmurod Haqnazarov saytimizga yangi vazifasi va taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunday qur'a tashlash marosimidan albatta ajoyib taassurotlar qoladi.  Odatda bugungidek holatlarni, yuqori darajadagi tadbirlarni Yevropa futbolida ko'rar edik. Shu qatori Superligada ham. Pro ligaga shunchalik yondashuv meni hayron qoldirdi. Shunchaki qoyil qoldim. Boz ustiga o'yinlarning jonli efirda translyatsiya qilinishi diqqatga sazovordir. Jonli efirda tomoshabindan biror narsani yashirib bo'lmaydi. Hammasi shaffof tarzda o'tadi. Bu yil barcha jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar yanada shiddatli kechishi shubhasiz", - deydi Elmurod Haqnazarov. 


Foto. Pro liga-2021. Qur'a tashlash marosimidan GALEREYA 

2021 yilgi Pro ligaga qura tashlandi. "Buxoro" 1-turda Toshkentda mehmon bo'ladi         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia