So’nggi yangiliklar

11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  14 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9

PRO-Liga “B” guruhi. 26-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi. 26-tur statistikasi

Teglar :  PRO-ligaB guruhi
O'tgan hafta PRO-Liganing “B” guruhida 26-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan bahslarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“LABSA”DAN SENSACIYA
26-turning sensacion natijasi Samarqandda kuzatildi. Oxirgi to'rtta turdan buyon g'alaba qozonib kelayotgan “SHerdor” bu safar kutilmaganda o'z uyida “Labsa”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Aniqrog'i uchrashuvning 9-daqiqasida Saiddoston Fozilov tomonidan kiritilgan gol mehmonlarning g'alabasini taminladi.

Turnir peshqadami “Nurafshon” esa ushbu turda g'alaba qozonib, 1-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi. Mezbonlar birinchi taymdayoq ikkita to'p kiritib, g'alabani o'z tomoniga og'diib oldi.

Vali Keldiev boshqaruvidagi “Zomin”ning g'alabali seriyasi ushbu turda ham davom ettirildi. “Xotira-79”ga qarshi bahsda mezbonlar yirik hisobda g'alaba qozondi.  Etiborlisi zominliklar 6ta o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti.

O'z uyida raqiblariga osonlikcha ochko ulashmaydigan “G'ijduvon” ushbu turda “Yozyovon”ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Etiborlisi o'yining 81-daqiqasidan so'ng mehmonlar darvozasiga 3ta to'p kiritildi. Bu esa ko'pchilikda shubha uyg'otdi. Yozyovonliklarning g'alabasiz seriyasi 5ta o'yinga etdi.

«SHerdor» - «Labsa» 0:1
«Nurafshon» - «Lokomotiv-BFK» 2:0
«Zomin» - «Xotira-79» 5:1
«G'ijduvon» - «Yozyovon» 4:0


GOLLAR

* 26-turning 4ta o'yinida jami 13ta to'p kiritildi.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 11tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 2ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 7ta to'p kiritilgan.
* Qolgan 6ta gol esa ikkinchi taymda qayd etildi.
* Turning eng tezkor goli 9-daqiqada kiritildi. Etiborlisi 9-daqiqada ikkita futbolchi gol urib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Saiddoston Fozilov (“Labsa”) va Elbek Ravshanov (“Nurafshon”) o'zlarining tezkor gollari bilan jamoasiga g'alaba keltirdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli 87-daqiqada kiritildi. “G'ijduvon” futbolchisi Nuriddin Rahmatullaev “Yozyovon”ga qarshi bahsda jamoasining birinchi va to'rtinchi goliga to'p kiritdi.  
* 26-turda dublga erishgan futbolchilar soni 3tani tashkil etdi. Nuriddin Rahmatullaev, Asomiddin Mamatov (“G'ijduvon”) hamda SHoxjahon Abbosov (“Zomin”) ikkitadan gol urib, jamoalariga g'alaba keltirdi.
* SHuningdek ushbu turda bitta penalti qayd etildi. Ahamiyatlisi “Nurafshon” futbolchisi Elbek Ravshanov 11 metrlik nuqtadan adashmadi.  


26-turda kimlar gol urdi?

1. Saiddoston Fozilov – “Labsa”.
2. Elbek Rashanov – “Nurafshon”.
3. Oripxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
4. SHoxjahon Abbosov (2ta) – “Zomin”.
5. SHuhrat Sadirdinov – “Zomin”.
6. Durbek Kamolov – “Zomin”.
7. Eldor Karimov – “Zomin”.
8. Maqsud Mahmudov – “Xotira-79”.
9. Nuriddin Rahmatullaev (2ta) – “G'ijduvon”.
10. Asomiddin Mamatov (2ta) – “G'ijduvon”.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

* 26-turning to'rtta o'yinida hakamlar jami 11 nafar futbolchini sariq kartochka bilan ogohlantirdi.
* SHundan 5tasi mezbon jamoa futbolchilaridir.
* Qolgan 6ta sariq kartochka mehmonlar tomon ko'rsatilgan.
* Taymlar bo'yicha oladigan bo'lsak, birinchi bo'limda 6ta, ikkinchi bo'limda esa yana 5ta sariq kartochka qayd etildi.
* “G'ijduvon” bilan “SHerdor” jamoalaridan bittadan futbolchi sariq kartochka bilan “siylandi”. Bu borada ushbu jamoalar boshqalarga namuna bo'ldi.
* Aksincha “Nurafshon” turning eng tartibsiz jamoasi bo'ldi. 2ta sariq, 1ta qizil kartochka.
* “Nurafshon” – “Lokomotiv-BFK” o'yinida 3ta sariq va 2ta qizil kartochka qayd etildi. Ushbu ko'rsatkich turning eng salbiysi bo'ldi.
* 26-turda qizil kartochka ishlab olib, maydonni sheriklaridan ertaroq tark etgan futbolchilar ham uradi. Orifjon Hakimjonov (“Nurafshon”), Saidmahmud G'ulomov (“Lokomotiv-BFK”) hamda Azamat Abdullaev (“Zomin”) endi kamida navbatdagi ikkita o'yinni muxlislar qatorida kuzatadi.

ENG KO'P MUXLIS “SHERDOR”DA
* 26-turning 4ta o'yiniga jami 1169 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 292ta muxlis demakdir.
* Ushbu turda eng ko'p ishqiboz kirgan uchrashuv  “SHerdor” – “Labsa” bahsi bo'ldi. Qattaqo'rg'on tumanidagi BO'SM stadionida kechgan o'yinga 857 ta muxlis qadam ranjida qilgan.
* Aksincha “G'ijduvon” – “Yozyovon” uchrashuvini 73 nafar tomoshabin bevosita stadionning o'zida kuzatib borgan.


Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
«SHERDOR» - «LABSA» 0:1
Kattaqo'rg'on.  BO'SM stadioni. 857 tomoshabin.
«NURAFSHON» - «LOKOMOTIV BFK» 2:0
Toshkent vil.  “Do'stlik” stadioni.  82 tomoshabin.
«ZOMIN» - «XOTIRA-79» 5:1
Zomin.  “Markaziy” stadion.  157 tomoshabin.
«G'IJDUVON» - «YOZYOVON» 4:0
G'ijduvon.  “Navro'z” stadioni.  73 tomoshabin.

NAVBATDAGI TURDA UCHRASHADILAR

30.09.2018 yil
27-tur

“Xotira-79” – “G'ijduvon”
“Lokomotiv-BFK” – “Zomin”
“Labsa” – “Nurafshon”

01.10.2018 yil

“Iftixor” – “SHerdor”


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика