So’nggi yangiliklar

14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  0 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  0 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  0 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  3 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  10 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  1 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  1 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  2 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  9 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  7

PRO-Liga “A” guruhi, 20-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “A” guruhi, 20-tur statistikasi

Xabaringiz bo'lsa kerak, 9 avgust payshanba kuni PRO-Liga “A” guruhining 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

PESHQADAMLAR OCHKO YO'QOTDI

20-tur o'yinlari ko'pchilikka kutilmagan syurprizlarni taqdim etdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi peshqadamlar kutilmaganda ochko yo'qotdi. Xususan, Muborakning “Mashal” jamoasi o'z uyida “Norin”ni qabul qilib nursiz durangga imzo chekdi. Xaqqulobodliklar o'tgan turda texnik-mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, safarda “gazchilar”ni ikki ochko yo'qotishga majbur qila oldi.

Turnir peshqadamiga aylanib olgan “Andijon” esa vodiy derbisida “Istiqlol”ga imkoniyatni boy berdi. Farg'onaliklarning tajribali himoyachisi Timur Sultonov jarima zarbasini aniq amalga oshirib, uchrashuv taqdirini hal etdi.

Superliga yo'llanmasi uchun kurashayotgan yana bir klublardan biri – “Surxon” o'z maydonida kutilmaganda “SHo'rtan”ga imkoniyatni boy berib, ko'pchilikni ajablantirdi.

“Mashal - Norin” 0:0
 “Istiqlol” – “Andijon” 1:0
 “Xorazm” – “Orol” 2:2
 “Surxon” – “SHo'rtan” 1:3

GOLLAR
* 20-turning 4ta o'yinida jami 9ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 2tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 4tani tashkil etdi.
* Qolgan 5ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 5ta gol qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi taymda yana 4ta to'p kiritildi.
* Eng ko'p gol urgan jamoa – “SHo'rtan” bo'ldi. G'uzorliklar safarda “Surxon” darvozasini naqd 3 marotaba aniq nishonga oldi.
* “Mashal”, “Norin” hamda “Istiqlol” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.
* Turning eng tezkor goli 27-daqiqada kiritildi. “Orol” hujumchisi Navro'z Haipov safarda “Xorazm” darvozasini birinchi bo'lib ishg'ol etib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
* Turning eng so'nggi goli ham aynan “Xorazm” – “Orol” uchrashuvida qayd etildi. Urganchlik Temur Bekchanov 81-daqiqada “Orol” darvozasiga ikkinchi to'pni kiritib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
* 20-turdaga o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar bitta penalti belgiladi. “Orol” darvozasi tomon ko'rsatilgan 11 metrlik to'pini “Xorazm” hujumchisi Timur Bekchanov aniq amalga oshira olmadi.
* Etiborlisi ushbu turda ham dublga erishgan futbolchilar uchramadi.

20-turda kimlar gol urdi?
1. Timur Sultonov – “Istiqlol”.
2. Aybek Nurboev – “Xorazm”.
3. Timur Bekchanov – “Xorazm”.
4. Navro'z Haipov – “Orol”.
5. Bobur Farhodov – “Orol”.
6. Sardor Eminov – “Surxon”.
7. Abbos G'ulomov – “SHo'rtan”.
8. Maruf Murodov – “SHo'rtan”.
9. Farhod Namozov – “SHo'rtan”.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
Futbolda qo'polliklar va o'yin qoidasi buzilish xolatlari uchrab turishi tabiiy xol.

* 20-tur o'yinlarida ham hakamlar bir nechta futbolchilarni sariq va qizil kartochka bilan “siyladi”.
* Xususan 4ta o'yinda hakamlar jami 17 nafar futbolchini sariq kartochka bilan ogohlantirgan.
* Bu esa har bir bahsga o'rtacha 4tadan ogohlantirish demakdir.
* Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb “Istiqlol” – “Andijon” qarama-qarshiligini aytish mumkin. Uchrashuv bosh hakami Akobirxo'ja SHukurullaev har ikki jamoadan 3 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”. SHuningdek o'yin so'nggilarida mehmonlar sardori Ibrohim Otaxanovga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi.
* Muborakda kechgan “Mashal” – “Norin” uchrashuvida esa aksincha xolat yuz berdi. O'yin bosh hakami Olim Tolibjonov shu kuni faqat “gazchilar”ning ikki nafar o'yinchisini ogohlantirdi xolos.
* “Norin” jamoasi futbolchilari ushbu turda birorta ham sariq kartochka olmasdan, tartib-intizom bo'yicha boshqalarga namuna bo'ldi.
* Mezbon jamoalarning 9 nafar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan 8ta ogohlantirish mehmonlarga yozildi.
* Yuqorida aytib o'tganimizdek, 20-turda bitta qizil kartochka ko'rsatildi. “Andijon” jamoasi sardori Ibrohim Otaxonov safarda “Istiqlol”ga qarshi bahsning so'nggi daqiqalarida qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi. Yakunda uning jamoasi mag'lub bo'ldi.

20-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Xusniddin Aliqulov – “Mashal”.
2. Sanjar Zokirov – “Mashal”.
3. Sardor Telyakov – “Istiqlol”.
4. Hamidullo Abduhamidov – “Istiqlol”.
5. Anvar Xojimirzaev – “Istiqlol”.
6. Qadamboy Nurmetov – “Andijon”.
7. Farhod Mirahmatov – “Andijon”.
8. Nodirxon Kamolov – “Andijon”.
9. Navro'z Alimov – “Xorazm”.
10. Timur Bekchanov – “Xorazm”.
11. Sardor Matmurotov – “Xorazm”.
12. Damir Nizanov – “Orol”.
13. Ulug'bek Qutiboev – “Orol”.
14. Sirojiddin Allaev – “Surxon”.
15. Sirojiddin Rahmatullaev – “SHo'rtan”.
16. Olim Karimov – “SHo'rtan”.
17. Islom Boysariev – “SHo'rtan”.

ENG KO'P MUXLIS TERMIZDA
* 20-turning 4ta o'yiniga jami 5641 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 1410ta muxlis demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin Termiz shahridagi “Alpomish” o'yingohiga tashrif buyurgan.
* Muborakdagi “Bahrom Vafoev” nomli stadionda esa aksincha vaziyat kuzatildi.
 
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“MASH'AL” – “NORIN” 0:0

Muborak. “B. Vafoev” stadioni. 765 tomoshabin.
“ISTIQLOL” – “ANDIJON” 1:0
Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 1456 tomoshabin.
“XORAZM” – “OROL” 2:2
Urganch. “Yoshlik” stadioni. 905 tomoshabin.
“SURXON” – “SHO'RTAN” 1:3
Termiz. “Alpomish” stadioni. 2515 tomoshabin.

NAVBATDAGI TURDA UCHRASHADILAR
21-tur.
15 avgust (chorshanba)

«Orol» - «Surxon»
«ANDIJON» - «Xorazm»
«Norin» - «Istiqlol»
Dinamo» - «Mashal»
«SHo'rtan» dam oladi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика