PRO-Liga. “A” guruhi. 19-tur statistikasi
08 avg 2018 16:42
Yangiliklar
PRO-Liga. “A” guruhi. 19-tur statistikasi
“A” guruhidagi 19-turda 3ta o'yin bo'lib o'tdi. Ushbu turda aytarli sensacion natija qayd etilmadi. G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi o'z uyida “Xorazm”ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, Nukusda “Orol” va “Istiqlol” jamoalari o'zaro durangga imzo chekdi. Boshqacha aytganda, Nematulla Qutiboev va Sergey Lebedev to'qnashuvida kuchlar teng keldi. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, ushbu futbolchilar o'z vaqtida futbolchi sifatida “Neftchi”da xarakat qilgandi. Endilikda ular murabbiy sifatida bir-biriga qarshi kelmoqda. Garchi mezbonlar uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik “Istiqlol” jamoasi iroda ko'rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
Turning markaziy bellashuvida omad mezbonlarga kulib boqdi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deganlaridek, andijonliklar principial raqibi – “Mashal”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, chempionatning yakkol etakchisiga aylanib oldi.
“SHo'rtan” – “Xorazm” 3:2
“Orol” – “Istiqlol” 1:1
“Andijon” – “Mashal” 2:1
GOLLAR
* 19-turning 3ta o'yinida jami 10ta gol qayd etildi.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan to'p demakdir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 6tani tashkil etdi.
* Qolgan 4ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 5ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi taymda ham muxlislar yana 5ta to'pga guvoh bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli 14-daqiqaga to'g'ri keldi. “SHo'rtan” jamoasi sardori Olim Karimov “Xorazm”ga qarshi bahsda penaltidan to'p kiritib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
* Turning eng so'nggi goli ham “SHo'rtan” – “Xorazm” uchrashuvida qayd etildi. Aniqrog'i 81-daqiqada urganchliklarning iqtidorli hujumchisi Temur Ismoilov hisobni bittaga qisqartirdi. Ammo Ismoilovning goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolishga etarli bo'lmadi.
* Ushbu turning 2ta o'yinida hakamlar 3ta penalti belgiladi. SHundan ikkitasi “SHo'rtan” foydasiga. “Xorazm” darvozasiga belgilangan 2ta penaltini ham g'uzorliklar aniq amalga oshirdi. SHuningdek “Orol” hujumchisi Navro'z Haipov ham “Istiqlol”ga qarshi bahsda 11 metrlikdan to'p kiritib hisobni ochishga erishdi.
Penaltidan gol urgan futbolchilar
1.Olim Karimov – “SHo'rtan”.
2.Mo'min Meyliev – “SHo'rtan”.
3.Navro'z Haipov – “Orol”.
* 19-turning bitta o'yinida avtogol qayd etildi. Aniqrog'i “Mashal” himoyachisi Iskandar SHoyqulov “Andijon”ga qarshi bahsning 35-daqiqasida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi. Yakunda muborakliklar safarda mag'lub bo'ldi.
* Etiborlisi ushbu turda 1tadan ortiq gol urgan futbolchilar uchramadi.
19-turda kimlar gol urdi?
1. Olim Karimov – “SHo'rtan”.
2. Maruf Murodov – “SHo'rtan”.
3. Mo'min Meyliev – “SHo'rtan”.
4. Sardor Matmurotov – “Xorazm”.
5. Temur Ismoilov – “Xorazm”.
6. Navro'z Haipov – “Orol”.
7. Jahongir Dadaboev – “Istiqlol”.
8. Sunnatilla Ermatov – “Andijon”.
9. Iskandar SHoyqulov – “Mashal” (avtogol).
10. Xusniddin Aliqulov – “Mashal”.
OGOHLANTIRISHLAR
* 19-turning bo'lib o'tgan 3ta o'yini haqida so'z borganida, sariq va qizil kartochkalar xususida ham to'xtalib o'tmasdan iloj yo'q.
* Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, 3ta o'yinda hakamlar jami 14ta futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* “SHo'rtan” – “Xorazm” va “Orol” - “Istiqlol” o'yinida 5tadan sariq kartochka qayd etildi.
* Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa – “Xorazm” bo'ldi. Urganchlik futbolchilar safarda “SHo'rtan”ga qarshi kechgan bahsda jami 4ta sariq kartochka ishlab oldi.
* “Andijon” va “SHo'rtan” futbolchilari 1tadan sariq kartochka olib bu borada boshqalarga namuna bo'ldi.
* Hakamlar mezbon jamoalarning 5 nafar o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatgan bo'lsa, mehmonlardan 9ta o'yinchi ogohlantirildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 5ta o'yinchi sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
* Ikkinchi bo'limda esa o'yin qoidasi buzilishi xolatlari nisbatan ortdi. Natijada yana 9ta o'yinchi ogohlantirildi.
19-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Mo'min Meyliev – “SHo'rtan”.
2. Ravshan Sultonov – “Xorazm”.
3. Temur Masharipov – “Xorazm”.
4. Jasur Otajonov – “Xorazm”.
5. Aybek Nurboev – “Xorazm”.
6. Albert Sdykov – “Orol”.
7. Miras Karliboev – “Orol”.
8. Rasul Musaev – “Orol”.
9. Sardor Sotvoldiev – “Istiqlol”.
10. Abdulaziz Yoqubov – “Istiqlol”.
11. Nodirxon Kamolov – “Andijon”.
12. Bobur Qosimov – “Mashal”.
13. Iskandar SHoyqulov – “Mashal”.
14. Akrom Bahriddinov – “Mashal”.
Fikrlar