So’nggi yangiliklar

10:25"Рома" Сардор Азмунни "Байер"дан тўлиқ сотиб олиши мумкин, агар...  2 10:03Таиланд пойтахти Бангкок шаҳрида ОФКнинг футзал ва соҳил футболи қўмитаси йиғилиши бўлиб ўтди  0 09:42"Ал Насcр" кетма-кет 7 та ўйинда ғалаба қозонди. Роналду кетма-кет 2 та баҳсда самарали ҳаракат қилгани йўқ  4 09:21"Атлетико" мухлислари Нико Уильямсни "маймун" дейишди, Гризманн ва Коке эса...  3 09:01"Нефтчи" - "Металлург" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 08:39"Барселона" эркаклари қила олмаган ишни аёллар жамоаси амалга оширди  5 08:18МЛС. "Интер Майами"дан йирик ғалаба. Мессида 2+1, Суарес ҳам гол урди  12 07:54Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Индонезия билан ўйинга тайёргарликни бошлади + Ҳусайн Норчаевдан интервью   2 07:30Футзал. Бугун Ўзбекистон бронза медали учун Тожикистон билан ўйнайди  0 07:09Ўзбекистон кубоги. Бугун "Андижон" - "Насаф", "Динамо" - "Навбаҳор" ва яна 4 та ўйин бор  4 06:50Серия А. "Ювентус" - "Милан" 0:0   0 06:45АПЛ. "Астон Вилла" - "Челси" 2:2   0 06:40АПЛ. "Ньюкасл" - "Шеффилд" 5:1   0 06:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Бернли" 1:1   2 06:30АПЛ. "Вест Хэм" - "Ливерпуль" 2:2   1

Prezident SHavkat Mirziyoev mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi Yangiliklar

Prezident SHavkat Mirziyoev mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi

Davlat rahbari yurtimizda og'ir atletikani hamda mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid taqdimotni maqulladi.

Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning vaqtini mazmunli o'tkazishda sport katta o'rin egallaydi. “Besh tashabbus” olimpiadasi, respublika chempionatlari doirasida u keng ko'lam kasb etmoqda. SHu bilan birga, olimpiya sport turlarini rivojlantirib, mahoratli sportchilarni tayyorlashga ham alohida etibor qaratilmoqda.

Xususan, “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida og'ir atletika bo'yicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularni professional darajada tayyorlash uchun Og'ir atletika markazi tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ushbu markaz Sport vazirligi huzurida CHirchiq shahrida tashkil etiladi. U ixtisoslashtirilgan talim muassasasi bo'lib, 7-11-sinf bolalarga saboq beriladi. Ular ilg'or usullar asosida terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlanadi. Markaz 2025/2026 o'quv yilidan faoliyat boshlashi ko'zda tutilgan.

SHuningdek, Kasaba uyushmalari Federaciyasi kengashining homiyligida Og'ir atletika sport klubi tashkil etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatida hududiy maktablar ochiladi.

Umuman, bu yo'nalishni rivojlantirish maqsadida uch yillik dastur ishlab chiqildi. Unda yoshlarning og'ir atletikaga qiziqishini oshirish, hududlarda sportchilar uchun etarli sharoitlar yaratish, selekciya jarayonlarini raqamlashtirish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etib, ilg'or tajribalarni o'zlashtirish kabi vazifalar qamrab olingan.

Og'ir atletikani ommalashtirish maqsadida 3 bosqichli musobaqalar, Markaziy Osiyo va “Uzbekistan Open” ochiq chempionatlarini o'tkazish rejalashtirilgan.

Yurtimizda eng ommaviy sport turi bu futbol. SHu bois mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog'ini kengaytirish maqsad qilingan.

Buning uchun mahallalarda mavjud stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan samarali foydalaniladi. Ular yo'q joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida shunday inshootlar barpo etiladi. Erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari o'rtasida mahalla terma jamoalari tuziladi. Iqtidorli yoshlar aniqlanib, professional futbol muassasalariga yo'naltiriladi.

Bu borada mahalladagi yoshlar etakchilariga O'zbekiston futbol associaciyasining hududiy bo'linmalari va sport maktablari ko'maklashadi.

SHuningdek, joriy yildan boshlab, Angliya maktablari futbol associaciyasi tajribasi asosida, 8-11-sinf o'quvchilari orasidan maktab futbol etakchisi tanlab olinadi. 12-15 yoshlilar o'rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” hamda 16-30 yosh toifalari orasida uch bosqichli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarini o'tkazish yo'lga qo'yiladi.

Bular mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qo'llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni maqullab, yoshlar o'rtasida sport va do'stlik muhitini mustahkamlash, musobaqalarni yuqori tashkiliy darajada o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
16 mar 06:52:40
Шухрат Эргашев
Хужакурсинга эмас, халол, хакикий хаваскор жайдари боллалаимиз футбол мактаб ёлланмалари катнашмасдан тащкиллаштириш керак.
   
16 mar 00:40:16
Abdulboyis Karimov
Карор чикаверади амалга ошмайди.
   
15 mar 23:59:29
Davronbek Abduvaliev
Нихоятта яхши, ўринли қарор.
   
15 mar 23:59:26
Davronbek Abduvaliev
Нихоятта яхши, ўринли қарор.
   
15 mar 23:59:15
Davronbek Abduvaliev
Нихоятта яхши, ўринли қарор.
   
15 mar 23:59:01
Davronbek Abduvaliev
Нихоятта яхши, ўринли қарор.
   
15 mar 23:09:40
Fergana uzb
Ажабмас бизни махаллалардаям стадионлар қурилса, хеч бўлмасам 15 сотих ер ажратиб беришса яхши бўларди, махалла ўзи чиройли қилиб қуриб оларди, хозир болалар тошлоқ кўчада футбол ўйнашади машина ўтиб туради илхоқ бўласан киши.
Яхши президентимиз қарор чиқарибди энди стадионга ер беришиб қолар
   
15 mar 23:01:00
ОМАДБЕК
Президентимиз зўр қарор чиқарибди. Лекин яқин 5-6 йилда маҳаллалардаги футбол стадионларига дом, боғча, савдо марказлари қурилиб деярли ярми кетди, бу ишлар хозиргача жадал кетаяпти. Хатто мактаб стадионлариям қулоғини ушлаб кетаяпти. Биздаям 3 йил ичида мактаб стадионига боғча қуриб юборди. Стадиони йўқ маҳаллаларга ер ажратиш бўйича қарор чиқарса яхши бўларди.
   
15 mar 22:59:12
ОМАДБЕК
Президентимизни зўр қарор чиқарибди. Лекин яқин 5-6 йилда маҳаллалардаги футбол стадионларига дом, боғча, савдо марказлари қурилиб деярли ярми кетди, бу ишлар хозиргача жадал кетаяпти. Хатто мактаб стадионлариям қулоғини ушлаб кетаяпти. Биздаям 3 йил ичида мактаб стадионига боғча қуриб юборди. Стадиони йўқ маҳаллаларга ер ажратиш бўйича қарор чиқарса яхши бўларди.
   
15 mar 21:57:05
Uz paxtakor Uz
Спорга шунчалик этборлари учун рахмат Президентимизга. Коган пасдегилар халол ишласа хаммаси яхши булади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика