So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

"Prezident Mirziyoevga kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionatida uchrashishni intiqlik bilan kutayotganimni aytdim" - Janni Infantino Yangiliklar

"Prezident Mirziyoevga kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionatida uchrashishni intiqlik bilan kutayotganimni aytdim" - Janni Infantino

FIFA rahbari Janni Infantino O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bilan uchrashuvda nimalar haqida so'z borganini aytdi.

"Nyu-Yorkda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bilan uchrashganimdan mamnunman.

Men u kishini go'zal mamlakati maydonda erishayotgan muvaffaqiyat bilan tabrikladim va FIFA Forward dasturidagi ajoyib ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdim.

Men o'tgan yilning may oyida ularning Toshkentdagi yangi futbol akademiyasiga tashrif buyurish imkoniga ega bo'ldim va u erdagi sharoitlar nafaqat O'zbekiston, balki butun Osiyo qitasi faxriga aylanadi deb ayta olaman.

SHuningdek, Prezident Mirziyoevga kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionatida uchrashishni intiqlik bilan kutayotganimni va bu juda muvaffaqiyatli bo'lishiga ishonchim komilligini aytdim. Bu esa mintaqa ahlini birlashtirish va O'zbekistonni futbol markaziga aylantirish uchun yana bir imkoniyat bo'ladi", – dedi Infantino.


FIFA prezidenti uchrashuv chog'ida davlat rahbariga uning ismi tushirilgan to'pni sovg'a qildi va O'zbekistonni JCH mezbonligi bilan tabrikladi. 

Malumot uchun, futzal bo'yicha Jahon chempionati keyingi yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O'zbekistonda o'tkaziladi. Kecha milliy terma jamoaga ispaniyalik mashhur mutaxassis Xose Venansio Lopes bosh murabbiy etib tayinlandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика