So’nggi yangiliklar

00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 00:00Миллатлар лигаси. Португалия ва Испания бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  86 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Prevyu. Zomin - Andijon Yangiliklar

Prevyu. Zomin - Andijon

Teglar :  ZominAndijon
Ertaga “Zomin” jamoasi O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidagi dastlabki uchrashuvini Oliy liga ishtirokchisi “Andijon”ga qarshi o'tkazadi.

Bunda Zominning “Zomin” jamoasi Jizzax shahridagi “Sug'diyona” o'yingohida Oliy liga ishtirokchisi Andijonning “Andijon” jamoasini qabul qiladi.
O'zaro jamoalar ilk bor to'qnash kelishmoqda.

“Andijon” jamoasi Oliy liga bahslarida 2 ta turni o'tkazgan bo'lsada, biroq jamoa hozirgacha ijobiy natijaga erisha olganicha yo'q. Bunga sabab, yil boshida jamoa tarkibida sezilarli ravishda o'zgarish qila olgani bo'lishi mumkin. Lekin ishonamizki, Baxtiyor Ashurmatov shogirtlari Oliy liganing so'ngi turigacha o'zlari uchun ijobiy natijaga erisha oladi.

“Zomin” jamoasi 2012 yildan buyon O'zbekiston Birinchiligi va O'zbekiston Kubogining saralash bahslarida uzluksiz ravishda ishtirok etib kelmoqda. Jamoaga yangi rahbariyat tayinlangandan so'ng, zominliklar o'z oldiga Oliy ligada ishtirok etish maqsadini qo'ygan. SHu sababli zomin bo'rilari O'zbekiston Birinchiligi bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi. Jamoa mavsumga tayyorgarlik ko'rishda uch marta yig'in tashkil qildi. Yig'inlar davomida birinchi liga va Oliy liga o'rinbosarlari bilan jami 10 marta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishga erishdi. O'rtoqlik uchrashuvlari davomida jamoa tarkibiga etarli darajada iqtidorli yosh o'yinchilarni jalb qila oldi. O'zbekiston Birinchiligi musobaqalari aprel oyida boshlanishini inobatga olsak, zominliklar uchun bu rasmiy birinchi uchrashuvdir. SHunday ekan, jamoaning ilk uchrashuvi g'alaba bilan boshlanadi deb umid qilib qolamiz.
Ikkala jamoaga omad tilaymiz.
Imkoniyatlar: 30/30/40

O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi
19mart (shanba) 2016 yil
Zomin (Zomin) – Andijon (Andijon). “Sug'diyona” o'yingohi.
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldashev (Buxoro), SH. Qayumov (Jizzax).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi doirasidagi uchrashuv soat 17-00da “Sug'diyona” o'yingohida bo'lib o'tadi.

Akmal Raxmatullaev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика