So’nggi yangiliklar

18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   2 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  5 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Paxtakor". Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Paxtakor".

Bugun "So'g'diyona" hamda "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
SO'G'DIYONA – PAXTAKOR
23 may. 17:00.

Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), Karimov (Toshkent)

Nazoratchi:
Roman (Toshkent).

“So'g'diyona” hamda “Paxtakor” klublari oliy ligada shu kungacha 38 bor kuch sinashishgan. “Paxtakor” 30ta o'yinda g'alaba qozongan. 4ta uchrashuvda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “SHerlar” tomonida: 101:34. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 94 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” esa 16 ochkoni qo'lga kiritgan. “Paxtakor”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning toshkentliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:1.

O'tgan mavsumda Zominda kechgan bahsda Boyan Miladinovich tomonidan urilgan gol “Paxtakor”ga g'alaba keltirgandi – 0:1. Toshkentda esa Igor Sergeevning dubli “sherlar”ning g'alabasini taminlagandi – 2:0.

“So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.06.2014 So'g'diyona - Paxtakor 0:1
05.05.2013 So'g'diyona - Paxtakor 0:0
10.04.2011 So'g'diyona - Paxtakor 1:2
25.04.2009 So'g'diyona - Paxtakor 0:2
05.07.2008 So'g'diyona - Paxtakor 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida o'tkazgan 19ta o'yinning uchtasida g'olib chiqqan. 3ta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan. Qolgan 13ta uchrashuvda “Paxtakor” safarda uch ochkoni o'ziniki qilgan. So'nggi bor “So'g'diyona” 1999 yil “Paxtakor”ni mag'lub eta olgan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика