So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Prevyu. "So'g'diyona" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Olmaliq"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z maydonida "Olmaliq" klubini qabul qiladi.

So'g'diyona (Jizzax) – Olmaliq (Olmaliq)
30 oktyabr 2015. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 16:00
Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 11 bor kesishgan. Natijalar “Olmaliq”ning kichik ustinligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 5ta o'yinda g'alabaga erishgan. 4ta bahsda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 2ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Olmaliq” foydasiga. Olmaliqliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 26ta gol urib o'z darvozalaridan 19 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Olmaliq” 19, “So'g'diyona” esa 10 ochkoni qo'lga kiritgan.

“So'g'diyona” oliy ligada “Olmaliq” ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi jizzaxliklarnng eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Olmaliq”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:1ga teng.

13-turda Olmaliqda o'tgan bahsda mezbonlar muvaffaqiyatga erishishgan. Dastlab mehmonlar vakili Sanjar Rashidov hisobni ochgandi. Bunga G'ulom O'runov (ikkita) va Islom Inomovning gollari bilan javob berilgan – 3:1.

“So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
09.08.2014 So'g'diyona - Olmaliq 0:0
04.08.2013 So'g'diyona - Olmaliq 2:2
15.10.2011 So'g'diyona - Olmaliq 5:2
23.03.2009 So'g'diyona - Olmaliq 3:2
20.09.2008 So'g'diyona - Olmaliq 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonidagi o'yinlarda bu raqibga umuman yutqazmagan. Ikki bor g'alaba qozongan va 3 marta durang o'ynagan. “So'g'diyona” uyida o'tgan oxirgi ikki bahsda durang qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика