Prevyu. “So'g'diyona” - “Metallurg”

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2018, 09:20
Superliga 16 -tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA


Birinchi davra 5-turida “So'g'diyona” Bekobodda “Metallurg” ga qarshi bahs olib borgan edi. O'yinning 55-daqiqasida Shaxzod Shaymanov hisobni ochgan bo'lsa, 60 daqiqada Islom Isoqjonov ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo'lgan edi. Shu tariqa o'yin 2:0 bekobodliklar foydasiga yakunlangan edi.


O'YINI AZIZ ASIMOV BOSHQARADI

Pepsi Superliga 16-turida “So'g'diyona” o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. O'z PFL bugun 16-turni boshqaruvchi hakamlarni e'lon qildi. Unga ko'ra uchrashuvni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.Unga qanotlarda Temur Gaynullin   va  Andrey Sapenkolar  yordam beradi.

 Zahiradagi hakam Rustam Lutfullin

Nazratchi: Sardor Najafaliev
Komissar:  Laziz Qo'chqorov


O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Metallurg”  klublari oliy ligada shu kungacha 33  bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 13 ta, “Metallurg” hisobida ham 13 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik jizzaxliklar  tomonida:  48:47 . “So'g'diyona”  o'zaro o'yinlarda 46 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa , “Metallurg” ham 46  ochkoni qo'lga qiritgan.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha  o'yinlar:

20.10.2017So'g'diyona – Metallurg 3:2
03.08.2016 So'g'diyona –  Metallurg 0:0
18.04.2015 So'g'diyona – Metallurg 0:0
26.09.2014 So'g'diyona – Metallurg 5:4
05.10.2013 So'g'diyona – Metallurg 2:1
13.08.2011 So'g'diyona – Metallurg 3:1
12.09.2009 So'g'diyona – Metallurg 3:2
25.10.2008 So'g'diyona – Metallurg 1:2
28.06.2006 So'g'diyona – Metallurg 1:0
10.04.2005 So'g'diyona – Metallurg 0:0
30.10.2004 So'g'diyona – Metallurg 1:0
03.08.2002 So'g'diyona – Metallurg 0:2
27.05.2001 So'g'diyona – Metallurg 4:0
02.11.2000 So'g'diyona – Metallurg 2:1
28.08.1999 So'g'diyona – Metallurg 3:3
19.09.1998 So'g'diyona – Metallurg 1:0


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 16 ta o'yindan 10 tasida “So'g'diyona”, 2 tasida “Metallurg”  g'alaba qozongan. 4 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 8 iyul   kuni soat  18:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 9 iyul kuni soat 20:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати