So’nggi yangiliklar

15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  1 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  1 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  2 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  5 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1

Prevyu. "So'g'diyona" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Buxoro"

Teglar :  So'g'diyonaBuxoro
Oliy liganing 13-turida "So'g'diyona" klubi o'z muxlislari qarshisida "Buxoro" bilan kuch sinashadi.

So'g'diyona (Jizzax) – Buxoro (Buxoro)
21 iyun 2016. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 19:00
Hakamlar:
R. Bobomuradov (Navoiy), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), O. To'ychiboev (Farg'ona)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 40 bor kesishgan. Natijalar “Buxoro”ning kichik ustunligini ko'rsatmoqda. Jamoa hisobida 19ta g'alaba bor, “So'g'diyona” esa 16 marta g'olib chiqqan. Beshta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “So'g'diyona” foydasiga. Jizzax klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 57ta gol kiritib o'z darvozasidan 56 marta to'p olib chiqqaan. O'zaro o'inlarda “Buxoro” 62, “So'g'diyona” 53 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Buxoro” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi buxoroliklarning eng yirik hisobidir. “So'g'diyona”ning o'zaro o'yinlardagi “Buxoro” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 6:2 bo'lib turibdi.

Bir yil oldin birinchi davraning so'nggi turida “Buxoro” o'z maydonida g'alabaga erishgan. Suhrob Nematovning urgan goli mezbonlarga uch ochko keltirgandi – 1:0. Jizzaxda ham “Buxoro” uch ochkoga ega chiqqan. Mehmonlar safida Otabek SHukurov, Suhrob Nematov va Jamoliddin Ubaydullaev, maydon egalari tarkibida Jasur Hakimov va Akmal Abdurahmonov gol urishgan – 2:3.  

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.11.2015 So'g'diyona - Buxoro 2:3
12.04.2014 So'g'diyona - Buxoro 0:1
03.11.2013 So'g'diyona - Buxoro 1:1
14.05.2011 So'g'diyona - Buxoro 2:1
11.04.2009 So'g'diyona - Buxoro 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida 11 marta g'alabaga erishgan va 2 marta durang o'ynagan. Qolgan 7ta bahsda “Buxoro” safarda muvaffaqiyatga erishgan. Oxirgi uch o'yinda “So'g'diyona” o'z uyida g'alaba qozona olmagan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика