Prevyu. Saudiyada startda "Sepaxan" sinovi
07 apr 2022 06:12
Yangiliklar


Prevyu. Saudiyada startda "Sepaxan" sinovi
Raqib Eronning nomdor "Sepaxan" jamoasi. Demak o'yindan avvalgi mulohazalarni boshlaymiz.
"Paxtakor" OCHLda rekordchi
Joriy yilda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi "Paxtakor" jamoasi OCHLda ishtirok etish bo'yicha qitada rekordchi hisoblanadi. Poytaxt klubi bu yil 17 bor mazkur musobaqaning guruh bosqichida o'ynaydi. Jamoaning eng yaxshi natijasi 2002/2003, 2004 yilgi mavsumlarda qayd etilgan bo'lib, ketma-ket ikki bor yarim finalga qadar etib borgan.
Saudiya Arabistoniga yaxshi kayfiyat va yo'qotishlarsiz
Slavche Voyneski shogirdlari qitamizning nufuzli musobaqasiga ancha vaqtdan beri tayyorgarlik ko'rib keldi. Turkiya yig'inlari, ichki chempionat bahslari bu borada jamoaga yordam berdi, deya olamiz. Muhimi ayni paytda futbolchilar etarlicha o'yin amaliyotiga egalar va sport formasi ham yomon emas. Boz ustiga so'nggi turdan "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alaba jamoa azolariga yanada ko'tarinki ruhiyat berishi tayin. Avvallari OCHL bahslari fevral oyining o'rtalari, mart oyining boshlariga to'g'ri kelgan. Bunday pallada klublarimiz hali formaga kirib ulgurmas, o'yin amaliyotga ega bo'lmasdi. O'ylaymizki, "Paxtakor"da ushbu tomondan muammo bo'lmasligi kerak. "SHerlar" 4 aprel kuni Toshkent-Burayda yo'nalishi bo'ylab manzil tomon otlanishdi. Slavche Voyneski Buraydaga 27 nafar futbolchi bilan tashrif buyurganini ko'rishimiz mumkin.
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov, Bayram Najafaliev.
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, SHahzod Azmiddinov, SHerzod Azamov, Aleksey Larin, Kamen Xadjiev, Jasur Yoqubov, Farruh Sayfiev, Behruz Asqarov.
Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboev, Sardor Sobirxo'jaev, Abbos Fayzullaev, Ruslan Roziev, Abbos Ergashboev, Sardor Rashidov, Hojimat Erkinov, Aziz Turg'unboev, Diyor Xolmatov, Oliver SHarkich, Muhammadali O'rinboev.
Hujumchilar - Dragan CHeran, Mirjahon Mirahmadov, SHahriyor Jabborov.
Eski tanishlar yoxud "Sepaxan" haqida
Ayni paytda Eron Pro ligasining 24-turidan so'ng 3 o'rinda ketayotgan "Sepaxan" guruh bosqichining ilk turida "Paxtakor"ga raqiblik qiladi. Takidlash joizki, "sherlar" uchun fors klubi begona emas. Ushbu jamoa bilan 2010 yilgi guruh bahslarida to'qnash kelingan. Isfaxonda raqib 2:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Toshkentda Gevorkyan va Geynrix tomonidan urilgan gol jamoaga g'alaba keltirgan.
2010 yil Toshkentda bo'lib o'tgan "Paxtakor" - "Sepaxan" uchrashuvi. 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrix 71-daqiqada g'alaba to'pini kiritib jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasini taminlagandi.
"Sepaxan"ni ushbu klub va Eron terma jamoasidagi o'yinlari orqali mashhur bo'lgan Muharram Navidkiya boshqarmoqda. Unga esa portugaliyalik mutaxassis Luis Martines ko'maklashadi. Ushbu mutaxassis 28 mart kuni klubda ish boshlagan. Isfaxon jamoasi 5 marta Eron chempioniga aylanib, 4 bor Eron Kubogida zafar quchgan. 2007 yil CHempionlar Ligasi finalida o'ynagan.
"Sepaxan" tarkibida O'zbekiston klublariga qarshi bir necha marotaba maydonga tushgan futbolchilar ham bor. Deylik Georgiy Gvelesiani o'z vaqtida "Zob Ahan" tarkibida "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushgan. SHuningdek Izzatulloh Purqaz, Omid Nurafkan, Surush Rafei Eron terma jamoasidagi o'yinlari orqali tanish.
"Sepaxan"ning OCHL uchun tarkibi
Darvozabonlar: 1. Kristofer Knett (Avstriya), 12. Ali Kayhusrovi, 22. Hojjat Sedg'i, 45. Muhammadrizo Mazaheri
Himoyachilar: 2. Muhammad Najod, 5. Izatulloh Purqaz, 16.Davud Rajabi, 25. Saman Ranjbar, 30. Giorgi Gvelesiani (Gruziya), 66. Muhammadrizo Mahdizoda
Yarim himoyachilar: 6. Masud Riki, 10. Farshad Buruki, 14. Arya Yusufi, 19. Omid Nurafkan, 20. Milad Jahoni, 21. Muhammad Karimi, 23. Amir Mohkamkar, 27. Hassan SHushtari, 73. Surush Rafeyi, 80. Yasin Salmani
Hujumchilar: 7. Saidmuhammad Hussayni, 9. Sajad SHahbozzoda, 11. Daniel Ismoilifar, 17. Jaloliddin Alimuhammadi, 70. SHahriyor Mog'anlu, 77. Rizo Mirzayi
Giorgi Gvelesiani
Slavche Voyneski: "Musobaqa boshlanishidan avval barchada imkoniyat teng bo'ladi"
"Paxtakor" fors klublarini doim yutib kelgan
Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 23 bellashuvning 14tasida "Paxtakor" zafar quchgan. To'rt o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 5 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 33 to'p kiritilib, 22 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 10 uchrashuvning barchasida "SHerlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 18 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.
Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:
"Zob Ahan" - 2:0, 0:1
"Naft" - 2:1, 1:1
"Saba" - 2:1, 2:0
"Sepaxan" - 2:1, 0:2
"Traktorsozi" - 1:0, 0:2, 3:3, 0:0
"Fulad" - 2:0, 3:1
"Istiqlol" - 2:1, 2:4, 2:1
"Persepolis" - 1:0, 1:1, 1:0, 0:2
"SHahr Xodro" - 3:0, 1:0
"Paxtakor"ning CHempionlar Ligasidagi to'purarlari
Hozirga qadar Zayniddin Tojiev ushbu turnirda "SHerlar" safida eng ko'p gol muallifiga aylangan - 13ta. Igor Sergeev hisobida esa 12 gol mavjud. Anvar Soliev 9, Server Jeparov 8, Leonid Koshelev va Odil Ahmedov hisobiga esa 7tadan to'p yozilgan. Quyida ushbu musobaqada "Paxtakor" uchun 3 va undan ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.
13 - Zayniddin Tojiev
12 - Igor Sergeev
9 - Anvar Soliev
8 - Server Jeparov
7 - Leonid Koshelev, Odil Ahmedov
6 - Dragan CHeran
5 - Aleksandr Geynrix
4 - Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev, SHerzod Karimov, Jaloliddin Masharipov
3 - Dilshod SHarofetdinov, Stanislav Andreev, Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze, Eren Derdiyok.
"SHerlar" safida Ignatiy Nesterov OCHL bahslarida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi bo'lib turibdi. Nesterov jami 44 bellashuvda ishtirok etgan. Asror Aliqulov 41 bahsda maydonga tushgan bo'lsa, Stanislav Andreevda 38ta shunday o'yin mavjud. "Paxtakor" safida CHempionlar Ligasida 25 va undan ko'p o'yinda maydonga tushgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.
44 - Ignatiy Nesterov
41 - Asror Aliqulov
38 - Stanislav Andreev
37 - Ilhom Suyunov
35 - Anvar Soliev, Vladimir Kozak
34 - Temur Kapadze
33 - Vladislav Kiryan
32 - Server Jeparov, Igor Sergeev
31 - SHerzod Karimov, Zayniddin Tojiev
29 - Leonid Koshelev, Egor Krimec
27 - Jaloliddin Masharipov
26 - Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Geynrix
25 - Odil Ahmedov.
Pakhtakor Tashkent Dragan Ceran - 28' |
AFC Champions League Grp. D . 1-tur 07/04/2022, 23:15 3
:
1
Tugadi
|
Sepahan Shahriar Moghanlou - 49', Shahriar Moghanlou - 55', Mohammad Reza Hosseini - 70' |
Eslatib o'tamiz uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:15da "Qiro Abdulloh" stadionida boshlanadi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan "Paxtakor" jamoasiga omad va zafarlar tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar