So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  8 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Buxoro"

Vodiyda "Qo'qon-1912" klubi "Buxoro" bilan hisob-kitob qiladi.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Buxoro (Buxoro)
2 may. Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 17:00
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

“Qo'qon-1912” hamda “Buxoro” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 7tasida qo'qonliklar g'olib bo'lishgan, 2ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Buxoro” hozirga qadar bu raqibni 9 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Buxoro” foydasiga 37:28 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Buxoro” 29, “Qo'qon-1912” esa 23 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Qo'qon-1912”ning “Buxoro” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Buxoro”ning bunday natijasi g'alabasi – 6:1.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuvlar 2003 yil bo'lib o'tgan. O'sha yil qaysi jamoa o'z uyida o'ynagan bo'lsa o'sha jamoa yutgan. Qo'qondagi bahs taqdirini Vadim CHernishenko tomonidan ikkinchi bo'lim boshida urilgan gol hal qilgan – 1:0. Buxoroda esa mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchishgan. Ilyos Qurbonov, Hamza Karimov, Eldor Qosimov (ikkita) tomonidan urilgan gollarga qo'qonliklardan Muhammad Inog'omov va Maqsad Qodirov javob berishgan.

Qo'qonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.06.2003 Qo'qon-1912 - Buxoro 1:0
21.09.2002 Qo'qon-1912 - Buxoro 1:0
05.11.2000 Qo'qon-1912 - Buxoro 1:6
18.09.1999 Qo'qon-1912 - Buxoro 4:1
06.11.1998 Qo'qon-1912 - Buxoro 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qo'qon” o'z maydonida bo'lib o'tgan 9 o'yinning 7tasida mezbonlar g'alaba qozonishgan. Bitta uchrashuvda (1992 yil) durang qayd etilgan. Bir marta (2000 yil) “Buxoro” raqib maydonidan uch ochko bilan qayta olgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика