Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Andijon"
02 apr 2016 09:30
Yangiliklar
Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Andijon"
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Andijon (Andijon)
2 aprel 2016. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:30
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.
“Qo'qon-1912” va “Andijon” oliy ligada jami 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Andijon”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Burgutlar” 9ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. 6 uchrashuvda esa “Qo'qon-1912” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Andijon” oldinda – 41:31. O'zaro o'yinlarda “Andijon” 32 ochkoni, “Qo'qon-1912” esa 23 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Qo'qon-1912”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 6:0 bo'lib turibdi.
O'tgan mavsum Qo'qondagi uchrashuvda hisob ochilmagandi. Andijonda esa 3ta gol urilgandi. Mezbonlar safida Anvar Berdiev gol urgan, qo'qonliklar tarkibi Otabek Haydarov dubl qayd etgandi – 1:2.
“Qo'qon-1912” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.04.2015 Qo'qon-1912 - Andijon 0:0
29.06.2003 Qo'qon-1912 - Andijon 2:1
30.03.2002 Qo'qon-1912 - Andijon 1:1
11.04.2000 Qo'qon-1912 - Andijon 1:1
23.05.1999 Qo'qon-1912 - Andijon 5:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Qo'qonda 10ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan 5tasida mezbonlar g'alaba qozongan, 4ta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. “Andijon” safarda faqat bir marta (1998 yil) Qo'qondan g'alaba bilan qaytgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar